Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75 foiz. O‘zbekiston Respublikasi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endilikda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa vaqtida to‘lanadi, deya xabar qildi Moliya vazirligi. Yangi mexanizm aprel oyidan ishga tushiriladi.
Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75 foiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bog‘liq holda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar miqdoriga taalluqli o‘zgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi, deb yozmoqda Norma. 173 Eslatib o‘tamiz. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan: • 6 oygacha – o‘rtacha oylik ish haqining 50%i; • 6 oydandan 12 oygacha – 75%i; • 12 oydan ortiq – 100%i. Endi esa 6 oygacha bo‘lgan ish stajida nafaqalarni to‘lash tartibi bekor qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo‘lganda nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75%. Ya’ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy ishlab «dekret ta’tili»ga chiqqan bo‘lsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% emas, balki 75%ni tashkil etadi. Endilikda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa vaqtida to‘lanadi, deya xabar qildi Moliya vazirligi. Yangi mexanizm aprel oyidan ishga tushiriladi. (TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa(dekret puli) to‘lash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar ro‘yxati qisqartirildi, axborot texnologiyalari joriy etildi. Yangi mexanizm 2018 yil 1 apreldan to‘laqonli ishlay boshlaydi, deya xabar beriladi Moliya vazirligi matbuot- xizmati). Xodim ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ni ayolni ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi. Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida 174 homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldinga 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi. Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi. Bu xizmatlarni ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 12 dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga muofiq “Davlat xizmat markazlari” tomonidan ko‘rsatiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling