Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


  2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

 


162 
2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalar 
fuqarolarni ijtimoiy-moddiy ta’minlashda etakchi o‘rin tutadi.
Ijtimoiy ta’minotning ushbu shakli fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida nazarda tutilgan muhim huquqlarning amalga oshirilishini 
kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (XVI bob, 282-294-
moddalar)
65
; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 
avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish 
va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi» hamda 
«Dehqon xo‘jaligi a’zolari ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy ta’minoti 
to‘g‘risida»gi nizom
66
 va nihoyat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 14 may kuni ro‘yxatga olingan «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi 
bo‘yicha tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom bilan
67
 va boshqa bir 
qator me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olishga talabgor fuqaroning 
(yoki uning oila a’zosini) mehnat faoliyati bilan, uning uchun ish beruvchilar 
tomonidan yoki bevosita o‘zi tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urtasi badallari o‘z vaqtida, to‘liq va muntazam 
ravishda to‘lab berilganligi bilan bog‘liq qilib qo‘yilgan. Ya’ni ijtimoiy sug‘urta 
badallari to‘lanmaydigan ish faoliyati bilan shug‘ullanish yoki sug‘urta 
badallarini muntazam to‘lanmaganligi odatda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa 
olish huquqining paydo bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi, «Sug‘urta badallari 
to‘lanmagan bo‘lsa nafaqa ham tayinlanmaydi» degan tamoyil amal qiladi. Ammo 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 284-moddasi, ikkinchi qismiga 
ko‘ra: «Ish beruvchining davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganligi 
sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan 
65
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Меқнат Кодекси, Т., «Адолат», 1999 йил.
66
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг қонун қужжатлари тўплами, 2001 йил, 16-сон, 109-модда.
67
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси вазирликлари, давлат қўмиталари, идоралари меъёрий қужжатлари 
Ақборотномаси. 2002 йил, 9-сон.


163 
ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi». Korxonalar ixtiyoriy to‘lamagan yoki 
kechiktirgan sug‘urta badallari soliq boqimandalariga tenglashtirilgani holda 
moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilib keyinchalik majburiy tarzda undirib olinadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa sug‘urtalangan xodimlarga, 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda, boshqa 
fuqarolarga ham beriladi. Umumiy qoidaga ko‘ra xodim ish beruvchi bilan mehnat 
munosabatlarida (sinov davrida ham) bo‘lgan davrda unda nafaqa olish huquqi 
paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda, ya’ni mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra 
bekor qilingandan (Mehnat kodeksining 67-moddasi) keyin bir oy ichida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan bo‘lsa, 
nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan 
to‘lanadi.
Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va 
tug‘ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy 
muddat ichida murojaat kilinganda to‘lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha bo‘lgan 12 
oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari 
xodimning ishdan noqonuniy bo’shatilgani to‘g‘risida nizo ko‘rilayotgan 
davrga to‘g‘ri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga 
qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
«Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlash va to‘lash tartibi 
to‘g‘risida»gi 1-bandiga ko‘ra byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha quyidagi beriladi:

homiladorlik va tug‘ish uchun; 

bola tug‘ilgani uchun; 

qo‘shimcha dam olish kuni uchun

dafn etish marosimi uchun. 
2007 yil 1 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa 
to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet tashkilotlari tomonidan -mehnat haqi 


164 
jamg‘armasiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida;

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - foyda solig‘ini 
hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib 
tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
(O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish 
vazirining 2007 yil 25 iyundagi "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalarini 
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirish kiritish 
to‘g‘risidagi M-31-sonli buyrug‘i).
Endi ushbu nafaqalarni tayinlashning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsilroq 
ko‘rib chiqamiz.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling