194
Haq to‘lanadigan ish bajara oladigan yoki
boshqa darmad manbaiga ega
bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlanmaydi.
Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan maxalla fuqarolar yig‘ini
bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirish natijalari nafaqa tayinlash yoki uni rad
etish uchun asos bo‘ladi.
Qarilik nafaqasining miqdori qat’iy summada belgilanadi
va hayot darajasiga
mutanosib tarzda indekskatsiya qilib boriladi.
Nogironlik nafaqasi. Nogironlik bo‘yicha nafaqa nogironlik sodir bo‘lgan
hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda,
faqat
birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash
uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)
ular haqidagi Nizom asosida shahar yoki tuman
byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradilar.
Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan
I va II guruh
nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: