Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


 Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

2. Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum 
bo‘lgan bolalarni davlat ta’minotiga olinishining mohiyati.
Yolg‘iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar haqida amalda g‘amxo‘rlik 
qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda 
ma’naviy-axloqiy saviyasiga baho beriladi va ushbu ko‘rsatkichlar insonparvarlik 
darajasini belgilovchi muhim mezonlardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingani holda qariyalar, 
nogironlar, etim-esirlar haqida alohida g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda. 2002 yilni 
«Qariyalarni qadrlash yili», 2007 yilni "Ijtimoiy himoya yili", 2010 yilni barkamol 
avlod yili" deb e’lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar, bolalarga, 
qishloq ahlini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanganligi hamda shu 
munosabat bilan zarur davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib 
kelinayotganligi davlatimiz va jamiyatimizda inson va uning manfaatlari 
oldingi o‘rinlarda turishini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Respublikamizda ko‘plab «Saxovat uylari», 
«Mehribonlik uylari», «Muruvvat uylari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ularda bir 
necha o‘n minglab nochor fuqarolar davlat va jamiyat mehr-muruvvatidan 
bahramand bo‘lmoqdalar.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va 
"Muruvvat" uylarida davlat ta’minotiga olish. O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 30 iyulda 1648-son bilan ro‘yxatga olingan 
"Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va
nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi 
Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" 
uylariga rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida QOIDALAR"
74
ga ko‘ra pensiya 
yoshiga etgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va farzandlari 
74
"Ўзбекистон Республикаси єонун іужжатлари тўплами", 2008 йил, 35-36-сон, 353-модда.


208 
(shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lmagan hamda qonun 
hujjatlariga muvofiq homiylik belgilanmagan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va I 
yoki II guruh nogironlari hamda yoshidan qat’i nazar, uzluksiz davom etuvchi 
ruhiy xastaligi oqibatida mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 
bo‘lgan I yoki II guruh nogironlari farzandlari (shu jumladan, asrab olingan 
farzandlari), eri (xotini) bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki 
homiylik belgilanishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush 
va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylariga joylashtirilishi 
mumkin.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga 
joylashtirish uchun vazirlik huzurida Respublika urush va mehnat faxriylari 
pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish bo‘yicha Maxsus 
komissiya tashkil etiladi.
"Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan yolg‘iz keksa, pensioner va I va II 
guruh nogironining o‘zining turar manzilidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot 
bo‘limi boshlig‘i nomiga uni "Saxovat" uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozgan 
arizasi asosida amalga oshiriladi.
"Muruvvat" uylariga rasmiylashtiriladigan 14 yoshgacha bo‘lgan nogiron 
bolalar uchun ota-onalari tomonidan farzandini bolalar "Muruvvat" uyiga 
rasmiylashtirishni so‘rab yozilgan ariza asos bo‘ladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ruhiy kasallikdan nogironlar uchun 
davlatning vakolatli idorasi (vasiylik yoki homiylik tayinlovchi organ)
tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron 
tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi.
18 yoshdan yuqori bo‘lgan ruhiy kasallikdan I va II guruh nogironlari uchun 
davlatning vakolatli idorasi (sud qarori bilan) tomonidan tayinlangan homiy yoki 
vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi.
Bulardan tashqari quyidagi hujjatlar ham talab etilishi lozim:
a). Xomiylik yoki vasiylik to‘g‘risidagi hujjat;


209 
b). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pasporti (asli va 
pasportning fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan va uning ro‘yxatga 
qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi), 16 yoshgacha bolalar uchun 
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi asli va nusxasi, nogiron bolalar ota va 
onasi pasportining fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan va uning 
ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi, pensiya guvohnomasi.
v). Nogironlik haqida Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi 
(nogiron uchun), 16 yoshgacha bolalar uchun Tibbiy maslahat komissiyasi 
xulosasi.
g). Ambulator kartasidan yoki kasallik tarixidan ko‘chirma (albatta qon va 
siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, 
ko‘krak qafasi flyurografiyasi, bolalar uchun og‘iz-burun bo‘shlig‘ining 
bakteriologik tahlili (Lyoffler surtmasi).
d). Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi.
e). Sil kasalliklari dispanseri xulosasi.
j). Onkologik dispanser xulosasi.
z). Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi.
i). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning 2 ta fotosurati (6x4 hajmda).
k). Turar joyidan ma’lumotnoma.
l). Texnik inventarizatsiyalash byurosi (BTI) tomonidan yolg‘iz keksa, 
pensioner va nogironning uy-joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (14 yoshgacha 
bo‘lgan nogiron bolalar bundan mustasno).
m). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pensiyasi (nafaqasi) 
to‘g‘risida ma’lumotnoma.
n). Yolg‘iz keksa, pensioner yoki nogironning moddiy-maishiy ahvoli 
to‘g‘risidagi dalolatnoma (mazkur Qoidalarning 3-ilovasi).
o) "Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘izligini 
tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi dalolatnomasi.
p). "Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘izligini 
tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi yig‘ilishi 


210 
dalolatnomasi asosida tuman (shahar) hokimi tavsiya xati yoki yolg‘iz keksa, 
pensioner va nogironning yolg‘izlar ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida tuman 
(shahar) hokimi qarori.
Ota - ona parvarishi va ta’minotidan maxrum bo‘lib qolgan voyaga etmagan 
bolalarni, yolg‘iz keksalar, yolg‘iz nogironlarni Mehribonlik, Sahovat va 
Muruvvat uylarida moddiy ta’minlash, ularga ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish 
normalari va tartiblari ushbu muassasalar haqida tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq 
amalga oshiriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling