Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4. Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari
harakatlanish vositalari berish
Nogironlarni reabiltatsiya qilish, ular o‘zlarini jamiyatning teng
huquqli va to‘laqonli a’zolari deb hiss qilishlari uchunimkon yaratish shakllaridan 
bir - protez-ortopediya buyumlari (sun’iy organlar) hamda reabiltatsiya-texnika 
vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
76
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2005 йил, 27-сон, 196-модда


213 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 27 martda 
1229-son bilan ro‘yhatga olingan "O‘zbekiston Respublikasining muxtoj 
fuqarolarni protez-ortopediya buyumlari hamda reabiltatsiya-texnika vositalari 
bilan ta’minlashtartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma"
77
 ga ko‘ra protez-ortopediya 
buyumlariga ‘xtiyojmand fuqarolar bepul (ishlab chiqarishdagi jarohat yoki 
kasb kasalligi tufayli nogiron bo‘lib qolganlarida ish beruvchi hisobidan) 
ta’minlanadilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 17 
iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan "Sotib olingan reabilitatsiya texnik 
vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida 
NIZOM"
78
ga ko‘ra "O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya 
qilish to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq nogironlarga qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda bepul berilishi kerak bo‘lgan, ammo ular o‘z hisobiga sotib 
olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
kompensatsiya to‘lash tartibi nazarda tutilgan.
Yo‘riqnoma protez-ortopediya buyumlari va reabiltatsiya-texnika 
vositalari turlarini, uni berish hamda foydalanishg tartibib va
muddatlarini shuningdek, ana shunday buyumlar berilishi lozim bo‘lgan nogironlar 
doirasini belgilab beradi.
Protez-ortopediya buyumini olish uchun nogiron shaxs qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hujjatlarni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman 
(shahar) bo‘limiga taqdim etishi lozim.
Maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordam 
ko‘rsatish.Ijtimoiy yordamning bu turi avvaldan turli shakllarda (bepul tushliklar 
berish, o‘quv darsliklari bilan bepul ta’minlash, kiyim-kechak bilan ta’minlash va 
hokazo) avvaldan ham fuqarolarga ko‘rsatib kelinar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi 
«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda 
qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga 
77
Ўзбекистон Республикас вазирликлари, давлат қўмиталари ва идораларининг меъёрий ҳужжатлари 
Ахборотномаси. 2003., № 5-6.
78
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2009 йил, 25-сон, 286-модда


214 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi bilan
79
 ushbu sohada 
yanada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi.
Qarorga ko‘ra 2002 yil 1 sentyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarning 
o‘rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o‘qiyotgan o‘quvchi-bolalari 
bepul qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’min etilishlari belgilandi.
Ushbu qarorga ko‘ra o‘rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida 
o‘qiydigan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning 2002 yilda 75 
foizi, 2003 yil 1 sentyabrdan boshlab 100 foizi bepul darsliklar bilan 
ta’minlanishlari nazarda tutildi.
Etim bolalar va ota-onadan qarovsiz qolgan to‘liq davlat ta’minotidagi 
(bolalar uylaridagi) bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ular umumta’lim 
maktablarini bitirib chiqayotganlarida kiyim-bosh, poyafzal sotib olish uchun 2002 
yilda eng kam ish haqining 80 barobari, 2003 yilda esa 100 barobari mikdorida bir 
yo‘la NAFAQA berish nazarda tutildi.
Chaqaloqlar uyidan chaqaloqlarni farzandlikka, tarbiyasiga (patronat) olgan 
tutingan ota-onalarga har bir chaqaloq uchun eng kam ish haqining 3 barobari 
miqdorida har oylik nafaqa berish belgilab qo‘yildi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling