Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


III- guruh nogironi pensiyasining tayanch miqdorini toping?


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

7.III- guruh nogironi pensiyasining tayanch miqdorini toping? 
A)* o‘rtacha oylik ish haqisining 30 foizi; 
B)eng kam oylik ish haqining 30 foizi; 
S)eng kam pensiya miqdorining 30 foizi; 
D)Eng kam oylik ish xaqining 50 foizi
8. II guruh nogironi eng kam pensiyasining miqdori: 
A) * eng kam oylik ish haqi miqdorida 
B)50000 so‘m miqdorida; 
S)eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; 
D)18600 so‘m miqdorida 
9.Ishlayotgan pensionerlarga nogironlik pensiyalarini to‘lash qancha 
miqdorda amalga oshiriladi? 
A) *100 foiz; B)50 foiz; S)75 foiz D)30 foiz 
 


205 
8- mavzu. Xayr-exson va muruvvat yordami ijtimoiy ta`minotni amalga 
oshirish manbai. 
Reja: 
1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam tushunchasi, zarurligi
va ularning tasnifi 
2. Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum bo‘lgan 
bolalarni davlat ta’minotiga olinishining mohiyati. 
3. Pensioner va nogironlarni sanatoriy va kurortlarda davolash. 
4. Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari berish.  
5. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar 
1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam tushunchasi, zarurligi
va ularning tasnifi
Aholiga beriladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
yo‘nalishlaridan biri - ularga natural shakllardahamda turli ijtimoiy imtiyoz va 
engillilar tarzida yordamlar ko‘rsatilishidan iborat. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
shallari hilma-hil ko‘rinishlarda bo‘lib, mohiyat jihatdan davlatimiz tomonidan 
amalga oshirib kelinayotgan manzilli, ehtiyojmandlarga ko‘rsatiladigan aniq 
ijtimoiy himoyani amalda ro‘yobga chiqarilishini anglatadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi paytda aholining muhtoj qatlamlari 
o‘nlab turdagi ijtimoiy yordamlardan foydalanmoqdalar, ularga turli ijtimoiy 
imtiyoz va engilliklar berilmoqda, ularning barchasi ijtimoiy himoga muxtoj 
shaxslar va oilalarni moddiy-turmush sharoitni yuksaltirish, ta’minlanganlik 
darajasini oshirishga qaratilgandir.Bunday yordamdan foydalanuvchi fuqarolar 
orasida qariyalar, yosh bolalar, bolali oilalar, nogironlar yetakchi o‘rinni tutmoqda.
Aholining muhtoj tabaqalariga ko‘rsatiladigan yordamlarni aniq tavsiflash va 
to‘g‘ri tasniflash, har bir ijtimoiy yordam ko‘rsatish shaklini, mazmun-mohiyatini, 
maqsad-vazifasini, roli-o‘rnini aniq tasavvur etish bunday yordamni ko‘rsatish 
bilan bevosita shug‘ullanayotgan shaxslar uchun, bu sohada faoliyat yurituvchi 
mutaxassis-kadrlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday yordamlarning 
siyosiy mohiyati va huquqiy asoslaridan yaxshi xabardor bo‘lish hamda ularni 
to‘g‘ri tushunib etish uni o‘z vaqtida, to‘la hajmda tegishli shaxslarga yetkazilishini 


206 
ta’minlaydi, ijtimoiy adolat va qonunchilik tamoyillarining mustahkamlanishiga 
xizmat qiladi.
Ijtimoiy yordamdan foydalanishga haqli bo‘lgan shaxslar toifalari xilma-xil, 
doirasi juda keng bo‘lib, ular qatoriga qariyalar, nogironlar, boquvchisiz qolgan 
fuqarolardan tashqari, yolg‘iz keksa va yolg‘iz nogironlar, ko‘p bolali va kam 
ta’minlangan oilalar, maktab o‘quvchilari, urush
qatnashchilari va boshqa 
shaxslar kiradilar.Ijtimoiy himoyaning muayyan shakli va uni ko‘rsatishga taalluqli 
maxsus normativ huquqiy hujjatning bevosita o‘zida bunday yordam olishga haqli 
shaxslar doirasi, yordam ko‘rsatishni amalga oshiruvchi davlat organi yoxud 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, yordam ko‘rsatish shartlari hamda 
tartiblari belgilab qo‘yiladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlariga beriladigan ijtimoiy yordam shakllari 
ham rang-barang ko‘rinishlarga ega va ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) 
qariyalar, nogironlar va bolalarni to‘liq davlat ta’minotiga 
olish; ularni maxsus tashkil etilgan mehribonlik, muruvvat va sahovat 
uylarida yashashlarini ta’minlash; 
2) 
qarovsiz qolgan yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga oziq ovqat 
maxsulotlari bilan natural moddiy yordam ko‘rsatish, maishiy va boshqa 
natural xizmatlarni bepul amalga oshirish
3) 
qariyalar, nogironlar va muayyan kasalga chalingan shaxslarga 
reabiltatsiya maqsadlarida sanatoriy-kurort xizmatlarini ko‘rsatish; 
4) 
nogiron fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish 
vositalari berish va ubilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish; 
5) 
maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordamlar 
ko‘rsatish; 
6) 
fuqarolarning muayyan toifalariga turar joy-maishiy, 
transport-aloqa, soliq, tibbiy-farmatsevtika va boshqa sohalarda imtiyozlar 
berish; 
7) 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy 
xizmatlarni ko‘rsatish. 


207 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling