Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Pensioner va nogironlarni sanatoriy va kurortlarda


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

3. Pensioner va nogironlarni sanatoriy va kurortlarda
davolash
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlarga yuborish orqali
davolash, salomatliklarini muntazam nazorat qilib turish - ularga ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy yordamning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi «Fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlash to‘g‘risida»gi qonunining 21-22 - moddalarida hamda 2008 yil 11 iyulda 
yangi taxrirda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy 
himoya qilish to‘g‘risida" (yangi tahriri) gi qonunga muvofiq pensioner va nogiron 
bo‘lib qolgan fuqarolar zarur tibbiy-ijtimoiy yordamni olish huquqiga, shu 
jumladan sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirish xizmatidan 


212 
foydalanishga haqli ekanliklari ko‘rsatib qo‘yilgan.
Nogironlarni reabilitatsiya qilishning maqsadi nogironlarga to‘laqonli 
turmush kechirish hamda o‘z huquqlari va potensial imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarish imkonini beruvchi ijtimoiy maqomini, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga va 
kasbiy faoliyatning har xil turlariga doir qobiliyatlarini tiklashdan iboratdir
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlar, dam olish uylariga 
yuborish asoslari, muddatlari, tartiblari O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan 2005 yil 6 iyulda 1489-son bilan ro‘yxatga olingan 
"Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort sihatgoh yo‘llanmalari bilan 
bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma" belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra
76
 
ishlamayotgan nogironlar va pensionerlar ehtiyojmand bo‘lari taqdirda belgilangan 
tartibda sanatoriy va kurortlarga bepul yo‘llanma bilan ta’minlanadilar.
Yo‘riqnomada Ikkinchi jahon uriushi nogironlari hamda kinchi jahon uriushi 
qatnashchilari va ulraga tenglashtirilgan shaxslarshuningdek, 1-guruh nogironini 
kuzatib bora qatnashchilari va ulraga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, 1-
guruh nogironini kuzatib borayotgan shaxslar, front ortidagi mehnat frontida halol 
hizmati va harbiy hizmati uchun sobiq SSSR davlati orden va medallari bilan 
taqdirlanganlar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokatni bartaraf etishda 
qatnashgan va gogiron deb topilgpnlganlar, yadro poligonlari va boshqa yadro-
radiatsiya ob’ektlarila harbiy hizmatni o‘tagan shaxslar. Shuningdek, bo‘sh joylar 
bo‘lgani taqdirda
sanatoriy va dam olish uylariga yo‘llanma yolg‘iz pensionerlarga, 
1va 2-guruh nogironlariga, ko‘zi ojiz 1-guruh nogironini kuzatib boruvchi 
shaxslarga, yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarga berilishi mumkin.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling