Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston 
Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari 
miqdorida beriladi.Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu 
koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Mavzuni o‘zlashtirishga doir vaziyatli masalalar 
1. Fuqaro Xalilova bolasi tug‘ilganidan so‘ng 6 oy o‘tib fuqarolarni o‘zini 
o‘zi boshqarish organiga bolani parvarishlash nafaqasini tayinlashni so‘rab 
murojaat etdi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi bola tug‘ilganidan olti oy 
o‘tib ketganligini asos qilib mazkur nafaqani tayinlamadi. 
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi harakatlari to‘g‘rimi? Ishlamayotgan 
ayollarga bolani parvarishlash nafaqasi qachondan boshlab to‘lanadi? 
2. Fuqaro Iskandarova ishga kirib olti oy ishlagandanidan keyin 
homiladorligi haqida tibbiy malumotnoma olib keldi. Ammo korxona rahbari 
ushbu fuqaroga hali bir yil ishlamaganligi uchun homiladorlik nafaqasi 
tayinlanmasligini malum qildi. 
Korxona rahbarining xatti–harakatlariga huquqiy baho bering. Homiladorlik 
nafaqasi qachondan boshlab qancha muddatga to‘lanadi? 
3. Fuqaro Mamajonov Kimyo-texnologiya institutida ikkinchi kurs 
magistraturada o‘qiydi. Ayni paytda Shu institutda yarim stavkada laborant 
vazifasida ham ishlaydi.
Fuqaro Mamajonov kommunal to‘lovlar o‘rniga beriladigan kompensatsiya 
pulini olishga haqlimi? 
4. Korxona xodimasi Allaeva boshqarma boshlig‘iga murojaat qilib, unga 
homiladorlik tatili nafaqasi to‘lanmayotganligini, buning uchun ushbu xodim 
homiladorlik tatiliga chiqqan bo‘lsa-da, ishlayotganligi va ish haqi olayotganligi 
asos sifatida ko‘rsatilmoqda. Fuqaro Allaeva ham ish haqi, ham nafaqa pulini 
to‘lashlarini so‘radi.
Fuqaro Allaeva murojaati qanoatlantiriladimi? Homila-dorlik tatiliga 
chiqqan xodim ishlayotgan bo‘lsa ijtimoiy taminot sohasida unga qanday 
imtiyozlar berilishi mumkin?


203 
5. Fuqaro Xayriddinova o‘zi ishlagan korxona boshlig‘iga bola parvarishlash 
nafaqasini yana bir yilga uzaytirib berishlarini va hozirda oilasining moddiy ahvoli 
yaxshi emasligini inobatga olib, uchinchi yil uchun ham nafaqa to‘lashlarini so‘rab 
ariza bilan murojaat etdi. Biroq korxona boshlig‘i faqat bola ikki yoshga 
to‘lgungacha bunday nafaqa turini olish mumkinligini va xodimni tezda ishga 
chiqishi lozimligi aytdi. 
Korxona boshlig‘ining harakatlariga huquqiy baho bering. Ishlayotgan 
onalarga bola parvarishlash nafaqasi qancha muddatga, kim tomonidan 
tayinlanadi?

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling