Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Pensiya tayinlashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

2. Pensiya tayinlashda o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab
chiqarish tartibi
Tayinlanadigan pensiyalar miqdorini belgilovchi asosiy omil - o‘rtacha
oylik ish haqidan iborat. Shu sababli o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘ri aniqlanishi va 
to‘g‘ri hisoblanishi muhim ahamiyatga egadir.
Pensiya tayinlash chog‘ida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashning 
uumimiy tartibi "Fuqarolarning davvlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi 
qonunni 31-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra pensiyani hisoblab 
chiqarish uchun, ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik 
mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya 
so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) amaldagi o‘rtacha oylik ish 
haqi olinadi. O‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish
kalendar 
oydagi ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga qarab
ishga kirish yoki ishdan bo‘shash munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq 
bo‘lmagan oylar ishlangan to‘liq kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan oz vaqt ishlagan hollarda 
60
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 2007 йил 3 сентябрда 1710-сон билан рўйхатга олинган. 
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 35-36-сон, 368-модда.


140 
o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylaridagi ish haqining umumiy 
miqdorini Shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda amaldagi 
o‘rtacha oylik ish haqi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi ish haqini oltmishga 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz hissasidan 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling