Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Nogiron fuqarolar kommunal xizmat haqlarini to‘lashdan
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
9.Nogiron fuqarolar kommunal xizmat haqlarini to‘lashdan:
A) * hozirda ozod qilinmaydilar; B)100 foiz ozod qilinadilar; S)50 foiz ozod qilinadilar; D)ularni ozod qilish tuman (shahar) hokimi qaroriga asosan belgilanadi 10.Nogironlik guruhlarini olish uchun fuqarolar qaysi muassasaning 88 shakldagi ma’lumotnomasini taqdim etadilar? A) * sog‘liqni saqlash muassasalari B)Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari S)Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari; D)Mehnat bo‘limlari 118 5 - mavzu. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. Reja: 1.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. 2.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olishga haqli bo‘lgan shaxslar qaramog‘ida bo‘lish. 1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarinint himoya qilinishini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va manaviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishi uchun shart-sharoit yaratish davlatimiz olib borayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati negizini tashkil etadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab- quvvatlashni ta’minlash ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoiillariga rioya etilgani holda amalga oshirilishiga erishish -davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Turli sabablar bilan ota-onasi parvarishi va moddiy ta’minotidan mahrum bo‘lib qolgan etim bolalar, yolg‘iz nogironlar va qariyalar, moddiy madadga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi ko‘rsatilad va ular moddiy ta’minotiga ko‘maklashish - davlat ijtimoiy siyosatining muhim jihatlaridan bo‘lib, bozor munosabatlari qaror topishi sharofatida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyiliga mos keladi. Fuqarolarga tayinlanadigan va to‘lanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensmyasi davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashining ana shunday muhim shakllaridan sanaladi hamda aniq va manzilli ijtimoiy himoyalashga oid ijtimoiy siyostimiz va qonunchiligimiz real mazmunga ega ekanligini yaqqol namoyish etadi. 119 Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi marhum boquvchi shaxsning oldingi mehnat faoliyati va uning uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lab borilganligi bilan bog‘liq ravishda tayinlanadigan mehnat pensiyalarining bir turi sanaladi va uning tayinlanish shartlari amaldagi qonun hujjatlai bilan aniq belgilab qo‘yilgandir. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasida ko‘rsatilishicha: "Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning "v" bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi. Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa; b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar; v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; g) buva va buvi-agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa. 120 O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi". Oila a’zolari, agar ular marhumning to‘lig‘ bog‘uvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa-boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar. Ammo marhum boquvchining farzandlariga hamda yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka- uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralarini ular uch yoshga yetgunlariga qadar boqish (parvarishlash) bilan mashg‘ul bo‘lsalar, marhum bilan birga yashagan-yashamaganliklaridan qat’i nazar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanaverishi nazarda tutilgan. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash, pensiya ta’minotini amalga oshirish shakllaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra moddiy ta’minot berib kelgan, turmush kechirishning asosiy manbai bo‘lib kelgan shaxsni vafot 121 etishi munosabati bilan uning qaramog‘ida bo‘lib kelgan shaxslarga qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda, shartlarda va miqdorlarda ular voyaga etgunlariga qadar, mehnat qilish qobiliyatlari qayta tiklangunicha yoki bo‘lmasa tegishli hollarda butun umrga davlat ijtimoiy ta’minot mablag‘lari hisobidan tayin etiladigan, qaytarib olinmaydigan, haq olinmaydigan, muntazam ravishda to‘lab boriladigan pul to‘lovlaridan iborat. 1) Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar, ishda olingan jarohatlar yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida vafot etgan shaxslarning qaramog‘idagilarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi; 2) Ishlab chiqarishdagi sabablarga ko‘ra vafot etgan shaxslarga tenglashtirilgan holatlarda (urush harakatlari, harbiy burchni bajarish, fuqarolik burchini bajarish paytlarida va hokazo) vafot etganlarning oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari; 3) Umumiy kasallikdan (turmushdagi jarohatlarning oqibatida) vafot etgan shaxslarning oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kabilar o‘zaro farqlanadi. 4) Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki ikki holat tufayli vafot etgan marhumlarning qaramog‘ida bo‘lib kelgan mehnatga yaroqsiz oila a’zolariga marhum mehnat staji miqdoridan qat’iy nazar pensiya tayinlanaveriladi. Uchinchi sababga ko‘ra, ya’ni umumiy kasallik (turmushdagi jarohatlanish) tufayli vafot etgan marhumlarning oila a’zolariga esa marhum boquvchi shaxs vafot etgan paytdagi yoshiga mos keluvchi muayyan hajmdagi mehnat stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa to‘liq miqdorda, belgilanganidan kam ish stajiga ega bo‘lsa - to‘liq bo‘lmagan miqdorda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 21- moddasiga muvofiq: Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot 122 etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Basharti boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda, ya’ni: a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga - boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; b) pensiya olmagan oilalarga - basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa boquvchiningish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko‘ra esa: Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini to‘liq tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (29-modda) tayinlanadi. Er (xotin) vafot etganligi sababli uning xotini (eri)ga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi pensiya oluvchi xotin (er) turmush qurgani (yangi nikohga kirgani) taqdirda ham saqlanib qolishi ko‘zda tutilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling