Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Glossariylar. 
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanishi -aslida shaxs noqulay, 
zararli yoki ruhiy-fiziologik jihatdan tang sharoitlarda ishlaganligi, Shu orqali o‘z 
sog‘lig‘i va hayotini xavf ostida qoldirgani holda jamiyatga ko‘proq foyda 
keltiruvchi faoliyat turi bilan Shug‘ullanganligi uchun jamiyat tomonidan tovon 
to‘lanishidan iboratdir.
Nogiron deganda- jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari 
borligi tufayli turmush faoliyati cheklangan, qonun hujjatlarida belgalangan 
tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs 
nazarda tutiladi.
Shaxs II guruh nogironi deb- e’tirof etilish uchun kishi organizmi, uning 
a’zolari funksiyasi birmuncha buzilgan bo‘lishi, mehnat qilish qobiliyati barqaror 
tarzda doimiyga yoki uzoq muddatga yo‘qolgan, jiddiy ravishda pasaygan bo‘lishi 
lozim. 
Mehnatda mayiblanish- safarda baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan 
nogironlik, agar baxtsiz hodisa mehnat vazifasini bajarish davrida yoki safarga 
jo‘natilgan erga borayotgan vaqtda yoki qaytib kelayotganda, Shuningdek, safar 
vaqtida xizmat qatnovlarida yuz bergan bo‘lsa, mehnatda mayiblanish hisoblanadi. 
O‘zbekiston respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunni 13-moddasida liliputlar va pakanalarga- 
imtiyozli yoshga doir pensiya nazarda tutilgan. Unga ko‘ra:
gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida 
mutanosiblik buzilgan pakanalar belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda 
pensiya olish huquqiga basharti erkaklar-ish staji kamida 20 yil bo‘lganda va 
ayollar-ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ushbu asos bilan yoshga doir pensiyaga 
chiqish huquqiga ega bo‘ladilar.


114 
Tarqatma materiallar 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling