Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


 Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4.6. Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari.
Mamlakatimizda izchil amalga oshirib kelinayotgan kuchli ijtimoiy
muofazalash siyosatida nogironlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun 
qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar berishga qaratilgan tadbirlar etakchi o‘rinda 
turadi hamda ijtimoiy himoya uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larning katta 
qismi nogironlar uchun qulay hayot va mehnat sharoyitlari yaratish, ularni ijtimoiy 
reabiltatsiya qilish maqsadlariga yo‘naltiriladi. (2019 y.8 yanvar holatiga-bolalikdan 
nogirironlarga pensiya miqdori: 396.500).
Nogironlarga nisbatan yuritilayotgan ijtimoiy himoya siyosatimiz mazmun-
mohiyati bu sohadagi qonunchiligimizda, uning huquqiy bazasini tubdan 
yangilashga qaratilgan ishlarimizda o‘z ifodasini topmoqda.Jumladan, 2008 yil 11 
iyulda "Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni yangi taxrirda 
qabul qilinishi
47
, nogironlar huquqlarini yanada kuchliroq muxofaza etishga 
qaratilgan yangi qonun hujjatlarini qabul qilinishi, nogironlarni moddiy-ijtimoiy va 
huquqiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Davlat dasturi va boshqa tadbirlari qabul 
qilinib, amalga oshirib kelinayotgani fikrimzning dalili bo‘laoladi.
"Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"giqonunni 5-moddasiga 
ko‘ra: "Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida 
ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari 
hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy 
himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar 
amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun 
sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya 
qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi". 
Davlatimizning nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi siyosati quyidagi 
47
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2008 й. 7-сон, 353-
модда


102 
asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
nogironlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini ta’minlash;
nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, 
nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va 
oliy ta’lim olishini ta’minlash;
davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining 
oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini ta’minlash;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi 
hamkorlikni rivojlantirish.
nogiron deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi 
tufayli turmush faoliyati cheklangan, qonun hujjatlarida belgalangan tartibda 
nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs nazarda 
tutiladi.
- jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush 
faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj o‘n sakkiz 
yoshgacha bo‘lgan shaxslar nogiron bolalar sanaladilar.
nogironlarga turmush faoliyati cheklanganligini bartaraf etishi, qoplashi 
(kompensatsiya qilishi) uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi hamda ularga jamiyat 
hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish
imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy
ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tazimi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish 
tadbirlarini tashkil qiladi.


103 
Muayyan shaxs organizmining barcha tizimlarini kompleks tekshirish asosida 
uning sog‘lig‘ini yo‘qotganlik darajasini, organizmi funksiyalari turg‘un 
buzilishi oqibatida turmush faoliyatining cheklanganlik darajasini, 
nogironlik guruhini, nogironlikning yuz berganligi sabablari hamda vaqtini 
aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra amalga oshirishi 
mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari, o‘zgalarning 
parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy 
himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari haqida tavsiyalar tayyorlash tibbiy-ijtimoiy 
ekspertiza qilish orqali aniqlanadi.;
Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan katta fuqarolarni nogiron deb topish 
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan 
bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Nogironlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-pul to‘lovlari (pensiyalar,, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);
-texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, 
o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa 
nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash;
-tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmatlar ko‘rsatish;
-transport xizmatlari ko‘rsatish;
-dori vositalari bilan ta’minlash.


104 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling