Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
-mavzu. Yoshga doir pensiyalar va nogironlik pensiyalari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Yoshga doir pensiyalar tushunchasi, turlari va tayinlanishining umumiy asoslari.
4-mavzu. Yoshga doir pensiyalar va nogironlik pensiyalari.
4.1. Yoshga doir pensiyalar tushunchasi, turlari va tayinlanishining umumiy asoslari. 4.2. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari. 4.3. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash asoslari. 4.4 To‘liqsiz mehnat staji bilan yoshga doir pensiya tayinlash. 4.5 Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash. 4.6. Nogironlik pensiyalari tushunchasi, turlari. 4.7. Nogironlikni belgilash tartibi. 4.8. Nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari 4.1. Yoshga doir pensiyalar tushunchasi, turlari va tayinlanishining umumiy asoslari. Pensiyaga chiqish yoshiga etgan fuqaro belgilab qo‘yilganidan (erkaklar - kamida 25 yil, ayollar - kamida 20 yil) kam, ammo kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgani taqdirda ham (masalan 5 yil yoki 10 yillik ish staji bilan) pensiya tayinlashlarini «Yoshga doir pensiya» tushunchasi qonunchiligimizda nisbatan yangi bo‘lib, dastavval O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan qonunida muomalaga kiritildi. Qarilik va yoshga doir pensiya tayinlash yoshi tuShunchalari o‘rtasida jiddiy tafovut bor bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlanganligi har doim ham fuqaroning qari ekanligini anglatavermaydi va qonunchilikda 50 yosh, 45 yosh va hatto 40 yoshdan pensiyaga chiqish mumkinligini nazarda tutiladi. Vaholanki 40 yoshli, 50 yoshli va hatto 60 yoshli shaxsni qariya deb atash ko‘pchilik hollarda g‘ayrioddiy tuyuladi. Turmush kechirish darajasining yaxshilanib borishi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sifatining ortib borishi tufayli o‘rtacha umr kechirish yoshining uzayishi, keksalik chegarasi yanada ortishi kuzatiladi. Mamlakat aholisining qarib borishi ko‘rsatkichi shuni ko‘rsatadiki, pensiya yoshidagi aholining soni o‘sish tendensiyasiga ega (2010 yildagi aholining umumiy soniga nisbatan 5,9 foizdan 2018 yilga kelib 7,4 foizgacha). Statistik tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan boshlab pensiya yoshidagi aholi soni 9 foizdan ortadi va 2025 yilga borib 11 foizga etadi (2011 yildagi 6,2 foizga nisbatan). 89 Shu bilan birga, fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu pensiya yoshi hisoblanadi. O‘tkazilgan tahlillar Shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun 62 yoshni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5 yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). Markaziy Osiyo davlatlarida, masalan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun –58 yosh. Qozog‘istonda ayollarning pensiya yoshini 63 yoshga etkazish, bunda har yili pensiya yoshni 6 oyga bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan amalga oshirib boriladi. Turkmanistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 62 yoshni, ayollar uchun 57 yoshni tashkil etadi 41 . Bugungi kunda Jahon bankining bergan prognozlariga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 2050 yilga borib 39 mln. kishiga etishi kutilmoqda. Mamlakatdagi o‘rtacha umr davomiyligi ko‘rsatkichi 68 yildan 72 yilga oshadi va 65 yoshdan katta bo‘lgan iqtisodiy faol aholi ulushi 4,4%dan 13,4%ga etishi mumkin 42 . Yoshga doir pensiya fuqaroning mehnat qobiliyati yo‘qolishi yoki pasayishi bilan bog‘lanmagan bo‘lib, muayyan yoshga etishi va qonunda nazarda tutilgan hajmdagi ish staji mavjudligi asosida butun umrga tayin etiladigan davlat ta’minoti turlaridan biri hisoblanadi hamda bunda fuqaroning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Yoshga doir pensiya aslida fuqaroning o‘tgan davrlardagi mehnat faoliyati, jamiyat boyliklari ko‘payishiga qo‘shgan hissasi uchun jamiyat unga beradigan moddiy ta’minot, mamlakat milliy daromadining taqsimlanishidan iboratdir. Hozirgi paytda amalda bo‘lgan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi hamda «Harbiy xizmatchilarni pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunlarga muvofiq yoshga doir pensiyalarning quyidagi turlari nazarda tutilgan: 1) Umumiy asoslardagi yoshga doir pensiya; 2) Imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 3) To‘liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 4) Muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiya; 41 Молия вазирлиги ҳузуридаги Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси давлат пенсия тизимини ислоҳ қилиш концепцияси лойиҳаси ишлаб чиқди. 2018 йил 42 Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling