Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
www.interfinance.uz
90 5) Xarbiy xizmatchilarning uzoq yillik xizmat uchun pensiyalari. 4.2. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga ko‘ra har kim qariganda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. 23-moddaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 1 - moddasiga esa «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar, deb ko‘rsatilgan. Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini, Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, basharti davlatlararo bitimlar (shartnomalar)da o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadirlar. Ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadi». Demak, korxona va tashkilotlarda yollanib (mehnat shartnomasi tuzib) ishlagan yoki bo‘lmasa boshqacha tarzda ijtimoiy foydali faoliyat (jamoa xo‘jaligi, fermer-dehqon xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, erkin ijodkor tarzida va hokazo) bilan shug‘ullangan shaxslar, basharti ular uchun ish beruvchilar tomonidan (kooperativlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning o‘zlarii tomonidan) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga davlat ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lab kelingan bo‘lsa; yoshga doir pensiya olishga haqli bo‘ladilar. Basharti ish beruvchining aybi bilan (bo‘yin tovlashi yoki to‘lovga qobiliyatsizligi sababli) 91 sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 283-moddasida xodimlarning yoshga doir pensiyalarni va boshqa pensiyalarni olish huquqlari kafolatlanaverishi ko‘rsatib quyilgan. Faoliyatning muayyan turlari bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxslar (masalan, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organi xodimlari, boshqa ba’zi davlat xizmatchilari) ular uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan to‘lanmaganligidan qat’i nazar umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston hududidan tashqarida yashayotgan fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari umumiy qoidaga ko‘ra ular yashayotgan mamlakatning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Fuqarolarni pensiya ta’minoti sohasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama davlatlararo yoki hukumatlararo xalqaro shartnomalar tuzilishi yo‘li bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshiriladi, ushbu asosda bir davlat fuqarolarini boshqa bir davlatda ijtimoiy himoyalash, shu jumladan yoshga doir pensiyalar bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Bugungi kunda ana shunday o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining bir qator davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama ahdlashuvlari mavjud bo‘lib, amal qilib kelmokda 43 . Fuqarolarda pensiya olish huquqi paydo bo‘lganida (muayyan yoshga etgan va ish stajiga ega bo‘lganda) istagan paytda pensiya tayinlanishini so‘rab murojaat qilish huquqi berilgan yoki bu huquqdan voz kechganlari holda o‘zlari xohlagan vaqtgacha mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Fuqaro qonunga ko‘ra bir necha pensiya turini olishga ayni paytda haqli bo‘lib qolgani taqdirda (masalan, nogironlik pensiyasi yoki uzoq yillik xizmat pensiyasini olib kelgan shaxs qarilik pensiyasi olish yoshiga etsa) bu pensiyalardan faqat bittasini olishga haqli bo‘ladi va pensiya turini tanlash huquqi fuqaroga berilgan. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 7- moddasiga ko‘ra yoshga doir pensiya olish huquqiga: 43 Қаранг: Мустақил давлатлар қамдўстлиги аъзоси бўлган мамлакатлар ўртасида 1992 йил 13 январдаги ҳукуматлараро битим ва бошқалар. 92 erkaklar - 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar - 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. Yoshga doir pensiya tayinlash paytida O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasida sanab ko‘rsatilgan barcha faoliyat turlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ammo bunda haqiqiy ishlagan davrga ko‘ra hisoblanadigan mehnat staji bilan shartli ravishda e’tiborga olinadigan mehnat staji (bolalar parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lgan davr, amalda ishlamagan bo‘lsada, qonun hujjatlariga ko‘ra ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan boshqa davrlar) o‘rtasidagi o‘zaro nisbat nazarda tutib qo‘yilgan. Xullas, fuqarolarga umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlanishining asosiy shartlari va bunday huquq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan yuridik fakt bo‘lib quyidagilar sanalishi mumkin : a) fuqaroning belgilangan yoshga yetganligi; b) muayyan hajmdagi ish stajiga ega ekanligi; v) fuqaroni yoshga doir pensiya tayinlashlikni so‘rab ariza bilan murojaat qilishi . Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling