Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar)
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4 To‘liqsiz mehnat staji bilan yoshga doir pensiya tayinlash
- 4.5 Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash
gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida
mutanosiblik buzilgan pakanalar belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga basharti erkaklar-ish staji kamida 20 yil bo‘lganda va ayollar-ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ushbu asos bilan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘ladilar. 4.4 To‘liqsiz mehnat staji bilan yoshga doir pensiya tayinlash . Bunday holda fuqaroga mavjud mehnat stajiga mutanosib ravishda va to‘liq pensiyaning taqdim etilgan mavjud mehnat stajiga mos keluvchi hajmda to‘liq bo‘lmagan yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin. Bunday pensiyani hisoblab chiqarish qoidalari, pensiyaning eng kam miqdori va boshqa masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tarzda hisoblanadi. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar (8 - modda) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar: yoshga doir pensiyalar uchun-eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. 99 Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, Shu jumladan chet elda o‘qish davri, onaning go‘daklik yoshida parvarishlagan vaqti, (lekin ko‘pi bilan hammasini jamlaganda 3 yil doirasida), ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, (lekin 10 yildan oshmagan davr), O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari xotinlarining chet elda bo‘lgan vaqti (lekin 10 yildan oshmagan davr). 4.5 Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash Mehnat shartnomasining ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra va hodimga bog‘liq bo‘lmagan hamda u aybdor bo‘lmagan tarzda bekor bo‘lishi chog‘ida qonun ishdan bo‘shatilgan xodimga qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar beradi. Muddatidan avval pensiyaga chiqarish ana shunday imtiyozlardan sanaladi. "Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gir qonunni 14-moddasiga ko‘ra: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: erkaklar-58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar-53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 7 yanvarda 588-son bilan davlat ro‘yxatigaolingan "Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi yo’riqnoma"ga ko‘ra 46 Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, 46 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2008 йил, 50-сон, 498-модда. 100 xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashuvchi markazi (bundan keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklaShuvchi markaz deb yuritiladi) tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan, pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi. Pensiya yoshi arafasidagi fuqarolarga muddatidan oldin pensiya: erkaklarda ish staji kamida 25 yil; ayollarda ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng o‘n kun ichida o‘zlarining yashash joyidagi Bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular o‘n kalendar kundan keyin murojaat qilsalar o‘n kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak. Bandlikka ko‘maklashish markazi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga belgilangan shaklda taqdimnoma tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli tuman (shahar) Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limiga topshiradi va ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos bo‘lib hisoblanadi va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limi tomonidan mudjdatidan oldin pensiya tayinlanishi uchun asos bo‘ladi. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan Ish bilan ta’minlashishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 101 55 yoshga) etgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya to‘lash to‘xtatiladi. Mehnat shartnomasi boshqa sabablarga ko‘ra bekor qilinsa, muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya to‘lovi ham tiklanmaydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling