Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Uzoq yillik xizmat davri va uning pensiya ta’minotini amalga
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
4. Uzoq yillik xizmat davri va uning pensiya ta’minotini amalga
oshirilishidagi ahamiyati. Davlat hizmatining muayyan turlari bilan band bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda ma’lum lavozimda yoki faoliyatning muayyan turi bilan band bo‘lingani hollarda bu davr mehnat stajiga hisoblanishdan tashqari qo‘shimcha imtiyozlar berilishiga ham asos bo‘lishi 82 mumkin. Bunday davrni o‘zoq yillik hizmat davri deb nomlanadi. Ma’lum lavozim yoki vazifada uzoq vaqt mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish hodimga maxsus unvon va martabalar berilishida, mehnat ta’tillari miqdorini belgilanishida, davlat pensiyalari tayinlanishida qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda imtiyoz va yengilliklar berilishiga olib keladi. Masalan, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi 180-son Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida nizomning 30 bandiga ko‘ra davlat soliq organlari mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish ularning uzoq yillik hizmat davri hisobga olingani holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga uzok yillar xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq miqdorlari ham ularning uzoq yillik hizmat davri muddatiga ko‘ra belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining "Prokuratura to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra (yangi tahriri) 40 Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi. Prokuratura organlari xodimlariga muddati o‘ttiz kalendar kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa o‘n kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi. Uzoq yillik hizmat davri o‘rta umum ta’lim, kasb-hunar bilim yurtlarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ahmiyatga ega. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Mehnat staji nima ? 2. Mehnat stajining ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishidagi axamiyati qanday ? 3. Mehnat stajining qaysi turlarini bilasiz ? 4. Umumiy mehnat staji nima ? 40 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2001 й. 9-10-сон, 168-модда 83 5. Maxsus mexnat staji va uning axamyati to‘g‘risida so‘zlab bering. 6. Mehnat stajini hisoblash qanday amalga oshiriladi ? 7. Mexnat staji guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra aniqlanishiga yo‘l qo‘yiladimi ? 8. Mehnat stajini imtiyozli hisoblash nima ? 9. Mehnat stajini tasdiqlovchi qaysi xujjatlarni bilasiz? 10. Yakka tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi a’zolari, uyda qoramol boquvchi fuqarolarning mehnat stajini hisoblash tartibi qanday ? 11. Chet elda ishlagan davrni mehnat stajiga qo‘shib xisoblash shartlarini bilasizmi ? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling