Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash huquqiga qaysi organlar haqlidir?


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

6.Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash huquqiga qaysi organlar haqlidir? 
A)*Mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi, boshqa harbiylashgan organlar; 
B) Mudofaa vazirligi, 
S) Ichki ishlar vazirligi, 
D) Ichki ishlar vazirligi, boshqa harbiylashgan organlar; 
7. Fuqarolarning jamg‘arilib boriladigan pensiyalari summasi qaysi mablag‘ 
hisobidan to‘ldirilib boriladi
A)* xodimning oylik ish haqisining soliqqa tortilgan summasi hisobidan
B)“Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘laridan
S)Davlvt ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan 
D)Pensiya jamg‘armasidan 
8.Fuqarolarning jamg‘arilib boriladigan pensiyalari summasi mablag‘lari 
qaysi muassasada jamg‘arilib boriladi
A)* Xalq bankida
B)“Nuroniy” jamg‘armasida
S)Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasida 
D)Pensiya jamg‘armasida 


69 
3-mavzu. Mehnat staji va uzoq yillik xizmat davri. 
Reja: 
1. Mehnat staji tushunchasi va uning turlari.
2. Mehnat stajini hisoblash.
3.Ayrim turdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat stajini hisoblashning 
o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Uzoq yillik xizmat davri va uning pensiya ta’minotini amalga oshirilishidagi 
ahamiyati.
1. Mehnat staji tushunchasi va uning turlari.
Fuqarolarga ijtimoiy ta’minot berish mezonlaridan biri-mehnat stajidir. Ish 
staji deganda hodim uchun Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqai 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishi sharti bilan amalga 
oshirilgan mehnat va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy foydali 
faoliyat davri (vaqti) nazarda tutiladi.
Mehnat staji, uning miqdori va sifati fuqaroga ijtimoiy ta’minot berilishida 
muhim o‘rin tutuvchi omil bo‘lib sanaladi. Mehnat staji odatda fuqaroning 
korxona yoki tashkilotdagi mehnat faoliyat davridan iborat bo‘ladi.
 
Umumiy va maxsus mehnat stajlari mavjud bo‘ladi.
Har qanday ish davri, shungingdek, quyidagi vaqtlar ham umumiy ish stajiga 
qo‘shib hisoblanadi va pensiya ta’minotida hisobga olinadi:
a) Agar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa faoliyat turi, 
mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy 
sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish;
1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab 
chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida 
belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan 
vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul 
xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 


70 
huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan 
bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon 
qilingan
yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan 
kundan e’tiboran belgilaydilar;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, 
davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan 
soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan yakka (guruhli) ijara 
sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaligidagi faoliyat- 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
d) I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek 
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining 
xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
e) oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, aspiranturada, doktoranturada 
va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
j) onaning (o‘gay onaning) bolalarini (o‘gay o‘g‘illarini, o‘gay 
qizlarini) go‘daklik yoshida parvarishlagan vaqti, lekin ko‘pi bilan 3 yil 
doirasida (Bola parvarishlash ta’tili berilgani haqidagi ish beruvchi 
buyrug‘idan ko‘chirma taqdim etilishi sharti bilan);
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, 
michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining 
xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda 
erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari 
xotinlarining chet elda bo‘lgan vaqti, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va P guruh 
nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.


71 
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani 
hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga tayinlanadigan 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning 
umumiy ish stajiga qarab amalga oshiriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling