Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


hisoblanadigan faoliyat davrlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

hisoblanadigan faoliyat davrlari 
Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:


74 
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va 
muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va 
qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish,
baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish-uch hissa 
barobarida;
b) Ulug‘ Vatan urushi yillarida (1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 mayga 
qadar) mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi 
erkin yollanganlar tarkibidagi ish-ikki hissa barobarida;
v) imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan-erkaklarda 10 
yildan ortiq va ayollarda 7 yil-u 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil- 
ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit 
virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar 
muassasalarida ishlash-ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza 
muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi-bir 
yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda 
qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va 
hibsda saqlash joylarida turgan vaqti-bir yarim hissa barobarida
Mehnat daftarchasi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi organlari 
tomonidan berilgan sug‘urta badallari to‘langanligini tasdiqlovchi 
ma’lumotnomalar ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Chet elda ishlangan davrlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta 
badallari to‘langan taqdirda, agar davlatlararo bitimlarda o‘zgacha qoidalar 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda 
ishlaganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan 
organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.


75 
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi 
O‘zbekiston Respublikasida ishlanganiga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3 hissasidan
oshmagan miqdorda, agar davlatlararo bitimlarda
(shartnomalarda) o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, stajga 
qo‘shiladi.
Mehnat daftarchasi bo‘lmagan taqdirda hamda mehnat daftarchasida zarur 
yozuvlar bo‘lmagan yoki yozuvlar xato va noaniq yozilgan bo‘lsa, mehnat stajini 
tasdiqlash. uchun (ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlar staji bundan 
mustasno) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi berish bo‘yicha 
shaxsiy schyotlar va vedomostlar, ularning bajarganligi qayd etilgan yozma 
mehnat shartnomalari (kontraktlar) va ish davrlari to‘g‘risida ma’lumotlar 
bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bo‘lmasa, 
mehnat stajini isbotlash uchun kasaba uyushmasi biletlari va hisob-kitob 
daftarchalari qabul qilinadi. Hisob-kitob daftarchalari ish haqi to‘langanligi 
to‘g‘risida belgi qo‘yilgan vaqt uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik bileti esa ish 
haqi yoki stipendiyadan a’zolik badallari to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan 
vaqt uchun ish davrini tasdiqlaydi.
Kasaba uyushmasiga a’zolik bileti bo‘lmagan taqdirda, staj hisobga olish 
varaqasi asosida aniqlanishi mumkin, bunda faqat a’zolik badallari to‘langan vaqt 
stajga kiradi.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning mehnat staji O‘zbekiston 
Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida Moliya vazirligi 
qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan 
beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha aniqlanadi.
Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa (ish vaqtini hisobga olib 
bo‘lmaydigan xodimlar bundan mustasno) ish davri guvohlarning ko‘rsatmasi 
asosida aniqlanadi".
Mehnat stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va 
zarur darajada rasmiylashtirilganligini huquqiy baxolash, zarurat bo‘lganda ularni 


76 
berishning asoslanganligini tekshirib ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilish; zarur 
hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini stajga qo‘shib hisoblash yoki olib 
tashlash haqida qaror qabul
qilish;. guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ish stajini 
aniqlash; ayrim shaxslarni parvarishlashga ketgan vaqtni aniqlash Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) 
bo‘limlarining vakolatiga kiradi
Tabiiy ofatlar, halokatlar, falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar 
natijasida ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman yo‘qotilgan hollarda 
mehnat stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat, tuman (shahar) 
hokimliklari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida qayd 
etib o‘tilgan komissiyalar tomonidan aniqlangan mehnat faoliyati davrlari umumiy 
stajga, Shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi maxsus 
hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida stajga qo‘shiladi.
Mavjud ish staji to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagan va harbiy harakatlar, 
tabiiy ofatlar, halokatlar, falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati 
bilan ularni olish imkoniyati bo‘lmasa, mehnat staji, Shu jumladan, imtiyozli 
shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi mehnat staji ariza beruvchini bir 
korxona, muassasa, tashkilot, jamoa xo‘jaligi yoki bir tizimda u bilan birga 
ishlagan va uni bilgan kamida ikki guvohning ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.
Arxiv ma’lumotlari yo‘qligi sabablaridan qat’i nazar, mavjud ish staji 
to‘g‘risidagi hujjatlarni olish imkoniyati bo‘lmagan hollarda 1965 yilgacha jamoa 
xo‘jaligida ishlash davri yuqoridagi tartibda guvohlarning ko‘rsatmalari bilan 
tasdiqlanadi.
Umumiy mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda 
imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi ishning xarakteri 
guvohlarning ko‘rsatmalari bilan belgilanmaydi.
Mehnat faoliyatini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor 
shaxslar tomonidai imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.


77 
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to‘ldirish va yuritish 
paytida amal qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mehnat 
daftarchalarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma talablariga muvofiq 
rasmiylashtirilishi kerak.
Mehnat daftarchalaridagi va boshqa hujjatlardagi yozuvlar belgilangan 
qoidalardan chetga chiqqan holda amalga oshirilgan hollarda ularni mehnat 
stajining isboti sifatida qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi masala Moliya 
vazirligi qoshidagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi 
tomondan hal etiladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling