Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi va qonunchilik tarmog‘ining
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1.3. Ijtimoiy ta’minot huquqi o‘quv kursi va qonunchilik tarmog‘ining
tizimlari. Ijtimoiy ta’minot huquqi fan sohasi sifatida muayyan izchillikda o‘zaro bog‘langan huquqiy tushuncha va institutlar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot huquqi fanining huquq institutlari bir-biri bilan predmeti, maqsadi va vazifalar hamda boshqa jihatlariga ko‘ra yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga soladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi institutlari ushbu fanga oid ijtimoiy munosabatlarni tabaqalashgan xolda va ayni paytda yaxlit huquq soxasiga oid predmet sifatida tartibga solish imkonini beradi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fani umumiy va maxsus qismlarga bo‘linishi mumkin. 13 Umumiy qismga ta’lluqli huquq institutlari umumiy tusdagi tushunchalar, ijtimoiy ta’minotga oid har qanday huquqiy munosabatlarga tatbiq etiladigan huquqiy mexanizmlar, ilmiy kategoriyalardan tashkil topadi. Jumladan, fanning predmeti, uslublari, ijtmoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat tushunchasi, uning vujudga kelishiga oid tasavvurlar, ijtimoiy ta’minot huquqiy munosabat ob’ektlari va sub’ektlari, huquq va muomala layoqati, ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan davlat organlari, nodavlat tuzilmalarining statusi, ijtimoiy ta’minot munosabatlarida muddatlar va ayrim yuridik hatti - harakatlarni amalga oshirishning umumiy tartiblari kabi masalalar fanning umumiy qismini tashkil qiladi. Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus qismida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyaning ayrim shakllari, ularni amalga oshirishning maxsus tartib-qoidalari bilan bog‘liq tushunchalar o‘rganiladi. Fanning umumiy va maxsus qismlari yaxlit bir butunning bo‘laklaridan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot qonunchilik tarmog‘i ham o‘ziga xos tizimga ega bo‘lib, umuman olganda fanning tizimi qonunchilik tizimiga mos keladi. Ijtimoiy ta’minot qonunchiligi tizimini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyani amalga oshirishga doir umumiy qoidalar. 2. Ijtimoiy ta’minot organlari maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; 3. Fuqarolarni davlat pensiyalari bilan ta’minlash; 4. Fuqarolarni nafaqalar va moddiy yordamlar bilan ta’minlash; 5. Fuqarolarni ijtimoiy himoyalash. 6. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan natural ko‘rinishdagi ijtimoiy yordamlar; 7. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar; 8. Ijtimoiy ta’minot sohasidagi nizolarni hal etish, huquqlarni himoya qilishga doir qonun hujjatlari; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling