Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


) Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi va keng qamrovli tusga egaligi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

1) Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi va keng qamrovli tusga egaligi. Bunda 
fuqarolarni millati, jinsi, ijtimoiy mavqei va boshqa farqlaridan qat’i nazar 
muayyan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta’minot 
olishlari tushuniladi. Shuni qayd etish kifoyaki, bugungi kunda uch yarim 
millionga yaqin fuqarolar davlat pensiyalari bilan, yuz minglab oilalar hamda 
ehtiyojmand fuqarolar nafaqalar va boshqa moddiy yordamlar olmoqdalar, ana shu 
maqsadlar uchun
davlat byudjetidan ulkan moliyaviy mablag‘lar sarflanmoqda.
5
Қаранг: Ислом Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоқотларни чуқурлаштириш йўлида. Т., «Ўзбекистон», 1995 йил, -Б. 11. 


18 
2). Ijtimoiy himoyaning manzilli va aniq yo‘naltirilganligi hamda 
boqimandalikka yo‘l qo‘yilmasligi. Ijtimoiy himoya choralari o‘zining 
salomatligi ahvoli, yoshi, oilaviy sharoiti yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra 
o‘zini-o‘zi mustaqil ta’minlashga qodir bo‘lmagan, davlat va jamiyat ko‘magiga 
muxtoj bo‘lgan va muxtoj deb topilgan fuqarolar va oilalargagina ko‘rsatilishi 
mumkin.
3)Ijtimoiy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadaligi. 
Ya’ni: pensiyalar va miqdori belgilanish paytida turmush kechirish uchun zarur 
bo‘lgan eng kam mablag‘ ko‘rsatkichi, iste’mol dasturxoni tarkibiga kiruvchi eng 
zarur mahsulotlar va xizmatlar to‘plami uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning eng 
kam darajasi e’tiborga olinishi ushbu tamoyil mohiyatini tashkil etadi. 
Pensiyalarning eng kam miqdorlari, va ularning eng kam miqdorlari qonun 
hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi hamda ushbu eng kam miqdordan kam 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi, ushbu eng kam miqdorlarni vaqti-vaqti bilan qayta 
ko‘rilib, indeksatsiya qilib turilishi orqali mazkur tamoyil ro‘yobga chiqariladi.
Ijtimoiy ta’minotning yetarli darajada bo‘lishi tamoyili BMTning 1966 yil 19 
dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 
11-moddasi, 1-bandida nazarda tutilgan: «Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar 
har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda 
turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush 
darajasi bo‘lishi huquqini e’tirof etadi» degan bosh qoidaga asoslanadi.
4) Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini-o‘zi 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling