19
bo‘lishi ko‘rinishlaridan biri - davlatga xos funksiyalar jamiyatga o‘tkaza
borilayotganligida, avval davlat organlari
bajarib kelgan vazifalar
bosqichma-bosqich fuqarolar yig‘inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga
yuklanayotganligida ko‘zga tashlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida korxona va
tashkilotlar, ularning mehnat jamoalari, turli nodavlat-nohukumat jamg‘armalari,
xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqarolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib
kelmoqdalar. Bu tendensiyaning tobora kuchayib borishi bashorat qilinmoqda.
Binobarin
ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, sahovatpeshalik,
bag‘rikenglik o‘zbek xalqining milliy xususiyati bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib
kelayotgan bebaho an’analarimizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.
Bozor islohotlarini izchil amalga oshirish, yirik davlat ijtimoiy dasturlari,
jumladan, "Sog‘lom avlod", "Ona va bola", "Sihat-salomatlik yili", "Oila yili",
"Ijtimoiy himoya yili", "Yoshlar yili" va boshqa dasturlarni hayotga
tadbiq etish
orqali mamlakatda insonning, avvalo, bolalar, ayollar, yoshlarning ijtimoiy,
iqtisodiy huquqlarini butun choralar bilan himoya qilish, ularning har
tomonlama
barkamol rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
5)
Mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot xilma-xil shakllarda amalga
oshirilishi tamoyili. Ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik hujjatlarida ta’minot har
xil shakllarda, xususan, pensiyalar, , bir
martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va yengilliklar ko‘rinishida amalga
oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari yanada
xilma-xillashuvi shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda.
Ijtimoiy ta’minotning qaysi shaklda amalga oshirilishi
masalasi aniq shart-
sharoitlar hisobga olingani holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Ijtimoiy ta’minotning asosiy shakli pensiyalar va berishdan iborat ekanligi
shubhasiz hamda ijtimoiy ta’minotning ushbu ikki shakli yetakchi mavqeini saqlab
qolishi aniq, ammo pensiya va ham shaklan takomillashtirib borilishi tabiiy holdir.
6)
Ijtimoiy ta’minotni nodavlat, homiylar mablag‘lari
Do'stlaringiz bilan baham: