Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Ijtimoiy ta’minot xuquqi fuqarolik xuquqi bilan ko‘pgina umumiy


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Ijtimoiy ta’minot xuquqi fuqarolik xuquqi bilan ko‘pgina umumiy 
xususiyatlarga ega. Xususan, huquq va muomala layoqati, uning paydo bo‘lishi, 
cheklanishi, muomalaga layoqatsiz deb topish, yetkazilgan zarar va uning 
qoplanishi, yuridik shaxs va uning maqomi masalalarida fuqarolik qonunchiligi 
tushunchalaridan hamda qoidalaridan keng foydalanildi. Ayniqsa hozirgi paytda 
paydo bo‘layotgan va keng tarqala boshlagan xayr-ehson qilish yo‘li bilan ijtimoiy 
ta’minotda ishtirok etish masalalari fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. 
Turli yuridik va jismoniy
shaxslar ko‘rsatadigan insonparvarlik yordamlarining 
huquqiy asoslari fuqarolik qonunchiligi sanaladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi oila 
huquqi bilan yaqindan bog’liq va ijtimoiy ta’minot huquqida keng 
qo‘llaniladigan qarindosh-urug‘lar, homiylik va vasiylik organlari, qaramog‘ida 
bo‘lganlik kabi qator yuridik tushunchalar oila qonunchiligi normalari bilan 
nazarda tutilgan. Ijtimoiy ta’minot huquqi ma’muriy xuquq bilan o‘zaro 
o‘xshash, chunki ijtimoiy ta’minot sohasini boshqarish va ijtimoiy ta’minotning 
amalga oshirilishida ma’muriy huquqiy usullardan foydalaniladi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi moliya huquqi bilan ham o‘zaro bog‘liq. Aholini 
ijtimoiy ta’minlash, nafaqa va kompensatsiyalar berishni tashkil qilish, 
monitoringini amalga oshirish, javobgarlik qo‘llash sohasidagi vakolatlarni 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari 
pensiya jamg‘armasi va uning joylardagi tarkibiy orgnalariga o‘tkazilishi bilan 
Ijtimoiy ta’minot huquqining Ma’muriy va moliya huquqi sohalari bilan 
aloqadorligi yana ham kuchaytirildi.


16 
1.5 Ijtimoiy ta’minot olish huquqiga oid tamoyillar va ularni 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks
etishi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi fanining tamoyillari - ya’ni uni amalga oshirilishiga 
oid g‘oyalar, eng avvalo, umume’tirof etgan universal xalqaro huquqiy standartlar 
sanalmish BMTning "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi", "Iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt"ga, boshqa yetakchi 
xalqaro huquqiy hujjatlarga tayanadi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi "Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga 
bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida" Farmonida
4
 qayd etib o‘tilganidek: 
"Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 60 ta asosiy hujjatga 
qo‘shildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro 
shartnoma qatnashchisiga aylandi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy 
qonunchilik me’yorlarida o‘z ifodasini topgan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasida har bir inson 
o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy 
xizmat va zurur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishiga hamda ishsizlik, kasallik, 
nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra 
tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga 
ega ekanligi mustahkamlangan bo‘lib, unda ijtimoiy ta’minotning barcha asosiy 
tamoyillari o‘z ifodasini topgandir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
uning asosidagi milliy qonunchilik tizimimizga mansub bo‘lgan qonunlarda va 
boshqa qonun hujjatlarida ham ijtimoiy ta’minot tamoyillari nazarda tutib 
qo’yilgan.
4
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Палаталари Ахборотномаси. 2008., 5-сон, 253-модда. 


17 
Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishning eng yetakchi tamoyillari 
Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishga, mamlakatimizda bozor iqtisodiga asoslangan 
huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy 
qarashlarida bayon etilgan.
Jumladan, «...demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmush 
darajasini hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda 
odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga 
oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash va kafolatlarning kuchli, ta’sirchan 
mexanizmi mavjud bo‘lgandagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan 
holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta’minlash mumkin»ligi 
haqida Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning g‘oyalari
5
 
mamlakatimizda ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishidagi tub tamoyilni 
tashkil qildi.
Ijtimoiy ta’minot huquqining tamoyillari umumhuquqiy tamoyillardan hamda 
turli shakllardagi ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli 
bo‘lgan o‘ziga xos tamoyillardan iboratdir.
Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilarni 
kiritish mumkin:

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling