Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va
qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 16 apreldagi
30 qonuni 14 . Ushbu Qonunning maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunga ko‘ra hodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashi shart. Qonunning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1-bob. Umumiy qoidalar (1-4-moddalar) 2-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi (5-11-moddalar) 3-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta tovonini to‘lash (12-16- moddalar) 4-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sub’ektlarining huquq va majburiyatlari (17-20-moddalar) 5-bob. Sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari (21-23-moddalar) b-bob. Yakunlovchi qoidalar (24-27-moddalar). Yuqorida qayd etilgan qonunlardan tashqari yana bir qator qonunlar ham ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya maslalariga taalluqlidir. (Masalan,"Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi, "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi, "Sil kasalligidan muxofaza qilish to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar. 3). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat ijtimoiy siyosati ro‘yobga chiqarilishini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari va islohotlarimiz dinamikasiga muvofiq bu sohadagi muhim yangilanish va o‘zgarishlarni o‘z farmon va qarorlari orqali ro‘yobga chiqaradi. Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston 14 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2009 й. 4-сон, 137-модда 31 Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ- huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya sohasida O‘zbekiston Respublikasi Farmon va qarorlari yetakchi o‘rin tutadi va tub burilishlar amalga oshirilayotganligini anglatadi. Bunday Farmon va qarorlar jumlasiga quyidagilar kiritilishi mumkin: 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-sonli "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 15 Farmon; 2007 yil 23 yanvardagi PQ-573-sonli "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoni 16 ; 2017 yil 28 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5291 sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi, 2019 yil 1 yanvardan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF - 5597-sonli Farmoni va boshqalar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling