Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
 
"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq
17
 
Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining Hukumati -O‘zbekiston 
Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat 
organidir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga 
bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, 
ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi.
15
“Халқ сўзи”, 2009 йил 31 декабрь
16
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 4-6-сон, 39-модда.
17
// Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2003 й. 9-10-сон, 138-модда


32 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga ko‘ra 
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Axolini ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy himoyalash sohasida Vazirlar 
Mahkamasi qonunlarni ijro etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ 
huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi ""Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining qonunini ro‘yobga chiqarish uchun 
zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 249-sonli qarori
18
bilan 
davlat pensiyalarini tayinlash va hisoblashga doir normativ huquqiy hujjatlar 
majmuyi tasdiqlandi (qarorning 15 ta ilovalari). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli "O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish organlari faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 
2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari 
haqida"gi qarori
19
; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 
sentabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 252-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning 
ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi 
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini 
Shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish xaqi 
miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-sonli 
Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
18
Ўзбекстон Республикаси Ҳукумати қарорлари тўплами. 1994., 5-сон 27-модда.
19
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 19-20-сон, 195-модда



33 
Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”. 2018 yil 25 sentabr 766-sonli Qarori.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling