Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonuni 12 .
- "Homiylik to‘g‘risida"gi qonuni.
- "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi 938-XII-sonli Qonunining 65-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: "Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, biroq uning aniqlanish sanasidan uch yildan ko‘p bo‘lmagan davr uchun undiriladi"; 26 ikkinchi - beshinchi qismlari tegishincha uchinchi - oltinchi qismlar deb hisoblansin 11 ,- deb qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. v). O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonuni 12 . Mazkur qonun 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan va 2005 yil 1 yanvardan amalga joriy qilingan. Qonunning vazifasi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Ushbu qonun o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagicha: I. Umumiy qoidalar (1-5-moddalar) II. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish (6-15-moddalar) III. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish tartibi (16-23-moddalar) IV. Yakunlovchi qoidalar (24-27-moddalar). g)."O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun. (Yangi tahriri). Mazkur Qonunning yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2008 yil 11 iyulda qabul qilingan. Qonun o‘z tuzilishiga ko‘ra quyidagichadir: 1-bob. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar) 2-bob. Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga to‘sqinliksiz kirishi, transportdan, aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish (9-11-moddalar) Z-bob. Nogironlarni reabilitatsiya qilish (12-14-moddalar) 4-bob. Nogironlarning ta’limi va ularni kasbga tayyorlash (15-22-moddalar) 11 .Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси (www.lex.uz), 2018 йил 17 октябрь "Халқ сўзи", 2018 йил 17 октябрь 12 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2004 йил, 51-сон, 512-модда 27 5-bob. Nogironlar mehnati (23-25-moddalar) b-bob. Nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish (26-31-moddalar) 7-bob. Nogironlarning jamoat birlashmalari (32-34-moddalar) 8-bob. Yakunlovchi qoidalar (35-36-moddalar). Ushbu qonunda nogironlarni ijtimoiy ta’minlash va ularga ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kafolatlar nazarda tutilgan. Mazkur qonunning 5-moddasiga ko‘ra: "Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi" D). O‘zbekiston Respublikasiing "Homiylik to‘g‘risida"gi qonuni. Bu qonun 2007 yil 2 mayda qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat 13 . Homiylik quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, Shu jumladan, aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam ta’minlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, o‘z jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironlarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish; xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish; oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga ko‘maklashish; onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga ko‘maklashish; ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifat sohasidagi faoliyatga, shuningdek 13 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й. 5-сон, 218-модда 28 shaxsning ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashish; kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashish, fuqarolarga ma’naviy-ruhiy yordam ko‘rsatish; jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish; aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash; terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish. Qonun hujjatlariga muvofiq homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy mablag‘lar berish, o‘zga shaklda yordam ko‘rsatish, Shuningdek ularni qo‘llab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi. Saylovoldi tashviqoti va referendumga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi. Qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab- quvvatlash taqiqlanadi. Homiylik quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, Shu jumladan, aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam ta’minlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, o‘z jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironlarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish; xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish; oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga ko‘maklashish; 29 onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga ko‘maklashish; ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifat sohasidagi faoliyatga, Shuningdek shaxsning ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashish; kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ko‘maklashish, fuqarolarga ma’naviy-ruhiy yordam ko‘rsatish; jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga ko‘maklashish; aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash; terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish. Qonun hujjatlariga muvofiq homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablag‘lari hamda boshqa moddiy mablag‘lar berish, o‘zga shaklda yordam ko‘rsatish, Shuningdek ularni qo‘llab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi. Saylovoldi tashviqoti va referendumga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi. Qonunga zid bo‘lgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qo‘llab- quvvatlash taqiqlanadi. Mazkur qonun tuzilishiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishga ega: 1-bob. Umumiy qoidalar (1-5-moddalar) 2-bob. Homiylik tashkilotlari (6-12-moddalar) Z-bob. Homiylikning amalga oshirilishida davlatning ishtirok etishi. Xalqaro homiylik faoliyati (13-18-moddalar) 4-bob. Yakunlovchi qoidalar (19-23-moddalar) e). "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling