Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


 Fuqarolar (oila) ijtimoiy ta’minot huquqi sub’ekti sifatida


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

1.11. Fuqarolar (oila) ijtimoiy ta’minot huquqi sub’ekti sifatida. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq (18-modda) 
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat 
qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos 
bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq 
normalariga muvofiq ta’minlanadi.Ijtimoiy ta’minot sohsida fuqarolarga teng 
huquq layoqati berilgan bo‘lib, yoshi, jimoniy va ruhiy xolatidan qat’iy nazar 
teng huquq layoqatidan foydalanadilar. Tegishli hollarda xomila holida 
bo‘lgan fuqarolarning huquqlari tan olinishi mumkin.(masalan, marhum 
boquvchi tirikligi paytida xomila holida bo‘lgan va u vafot etganidan so‘ng 
tirik tug‘ilgan farzandi). Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot sohsidagi huquqlari 
voyaga yetganlaridan so‘ng bevosita o‘zlari tomonidan amalga 
oshiriladi.Voyaga yetmagan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli, 
қhuningdek, jismoniy nuqsonlar mavjudligi sababli o‘z huquqlarini bevosita 
amalga oshira olmaydigan fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish huquqlari 
ularning homiylari, vasiylari, qonuniy vakillari tomonidan ishonchnomaga 
asosan amalga oshiriladi.Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil 
qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) 
tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat 
beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga 
keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs 
nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa 
shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas. 


44 
Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
-gospitallarda, sanatoriyalarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida 
davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning Shu 
muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va 
navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari;
-harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy 
o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial
harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa ishchi va 
xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining Shu qism, 
qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan 
tasdiqlangan ishonchnomalari;
-ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan 
shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari.
Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat 
munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va 
kashfiyotchilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, va stipendiyalarni, shuningdek 
bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi 
ishlaydigan yoki o‘qiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi uy-
joydan foydalanish tashkiloti, o‘zining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda bo‘lgan davolash muassasasining 
ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar 
ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil 
mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida 
harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan 
ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan 


45 
tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki 
soatlar bilan o‘lchanadigan vaqt davrining o‘tishi bilan belgilanadi.
Muddat muqarrar yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham 
belgilanishi mumkin.
Da’vo muddati - shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan 
himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.
Umumiy da’vo muddati - uch yil.
Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda 
qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, yuqoridagi qoidalar maxsus 
da’vo muddatlariga ham joriy qilinadi.
Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i 
nazar sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha 
bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi.
Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi 
sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
Da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo qo‘zg‘atilishi bilan, 
Shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan 
uziladi.
Uzilishdan keyin da’vo muddatining o‘tishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha 
o‘tgan vaqt esa - yangi muddatga qo‘shilmaydi.
Da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish 
haqidagi talablarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
omonatchilarning o‘z omonatlarini berish to‘g‘risida bankka qo‘yadigan 
talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi 
talablarga. Da’vo muddati o‘tganidan keyin qo‘zg‘atilgan talablar da’vo 
qo‘zg‘atilishidan oldingi ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi;


46 
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o‘z huquqini har qanday 
buzishlarni, Shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq
bo‘lmagan 
buzishlarni (ushbu Kodeksning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga 
olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni 
hamda boshqa qimmatbaho ob’ektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga hamda 
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
Fuqarolar sudning qaroriga ko‘ra muomalaga layoqatsiz deb e’lon qilinishlari 
(ruhiy kasal yoxuj aqli zaif bo‘lsalar), muomala layoqati cheklanishi (surunkali 
alkogolizm yoki giyohvandlik kasaliga duchor bo‘lsa) mumkin. Bunday hollarda 
sudning qarori bilan homiy(vasiy) tayinlanadi va ularga tegishli huquq va majburiyatlar 
homiylar yoki vasiylar tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy nuqsoni borligi tufayli (mas. ko‘zi ojizligi, harakatlana olmasligi va 
h.k.z) o’z huquqlaridan bevosita foydalanishda qiynaladigan fuqarolarga nisbatan ham 
homiy tayinlanishi mumkin.
Fuqarolar ijtimoiy ta’minot sohasidagi o‘z huquqlaridan bevosita o‘zlari ham, 
shuningdek, o‘zlari tanlagan vakillar orqali ham foydalanishlari mumkin. Bunday 
hollarda vakillik belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatnoma asosida amalga 
oshiriladi (oddiy yozma yoki notarial guvohlantirilgan shakldagi ishonchnoma orqali). 
Vakolatnomaning shakli, rasmiylashtirilsh tartibi va amal qilish muddati qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy ta’minot olish sohasida vakolatnomalar berish 
cheklangan muayyan hollar mavjud bo‘lishi mumkin.
Vakillik va vakolatnomaga taalluqli masalalar O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan (FKning 10 bobi(129-144-moddalar) bo‘lib, vakil 
bo‘lolmaydigan fuqarolar doirasi ham belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarning ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquq layoqatlari va muomala 
layoqatlarini qonunga zid ravishda cheklab qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi
va ana shunday 
harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar (mansabdor yoki oddiy fuqarolar qonunga muvofiq 
javobgar qilinadilar.


47 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling