Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tuShunchasi va
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1.9. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tuShunchasi va
ularning umumiy tavsifi. «Huquqiy munosabatlar - davlat tomonidan himoya qilinadigan, odatda, qonun normalarining kishilar xatti-harakatlariga ta’siri natijasida yuzaga keladigan va uning qatnashchilarida sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir» 25 . Ushbu tarif huquqiy munosabatlarga xos bo‘lgan barcha asosiy xususiyatlarni aks ettiradi. Yuqoridagi ta’rifdan huquqiy munosabatlarga xos quyidagi xususiyatlarni 24 Масалан, Қаранг: «Қарияларни қадрлаш йили» дастурига давлат дастурига шарқ. «Халқ сўзи» газетаси, 2002 йил 25 январ. 25 А. Саидов, У. Тожиҳонов. «Давлат ва ҳуқуқ назарияси». Т., «Адолат», 2001 йил,- Б. 254. 38 anglab olish mumkin: a) huquqiy munosabat, bu - insonlar faoliyati, xulq-atvori, erki, istagi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlardir; b) huquqiy munosabat - yuridik va jismoniy shaxslarning sub’ktiv huquqlari va yuridik majburiyatlarini ro‘yobga chiqarish natijasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir; v) huquqiy munosabat - shaxslar o‘rtasidagi irodaviy, ongli munosabatdir; g) huquqiy munosabat - davlat tomonidan, qonunlar vositasida muhofaza qilinadigan munosabatlardir. Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlar turli xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Ular: davlat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, moliyaviy-huquqiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlar ham huquqiy munosabatlarning bir tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot munosabatlari mohiyat jihatdan davlat-huquqiy munosabatlardan iborat bo‘lib, bu munosabatlarning yuzaga kelishida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar yetakchi o‘rinni egallaydi, ya’ni ana shunday asoslar mavjud emasligi tomonlar erki-xohishidan qat’i nazar ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga monelik qiladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar - fuqarolarni pensiyalar, , boshqa ijtimoiy yordamlar bilan ta’minlash yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutgan asoslar hamda tartiblarga muvofiq ravishda, tegishli yuridik faktlar (muayyan hollarda esa - yuridik tarkib) mavjud bo‘lganida ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organlar bilan fuqarolar (ayrim fuqaro, oila) orasida vujudga keluvchi qonunlar bilan tartibga solinadigan hamda davlat tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot huquqiga oid munosabatlar yuzaga kelishiga zarur yuridik faktlar (yuridik-faktik asos) mavjud bo‘lganida ta’minot olishga haqli bo‘lgan shaxsning ta’minot olishga qaratilgan irodaviy-ongli harakati, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organ tomonidan esa ushbu ta’minotning berilishiga qaratilgan 39 yuridik aktni sodir etilishi sabab bo‘ladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladigan yuridik faktlar - yuridik oqibat keltirib chiqarishga layoqatli bo‘lgan irodaviy-ongli harakatlar ham, muayyan voqea-hodisalar ham bo‘lishi mumkin. Bunday yuridik faktlar jumlasiga: a) muayyan davr davomida mehnat munosabatida bo‘lganlik - mehnat stajiga egalik fakti; b) nogiron bo‘lib qolganlik fakti; g) qaramog‘ida bo‘lganlik fakti; d) mehnatga yaroqsizlik fakti; e) kasb kasalligiga chalinganlik yoki ishlab chiqarishda jarohat olganlik fakti va boshqalar kiritilishi mumkin. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy jarayon, voqelikning bir ko‘rinishi sifatida o‘z elementlari tarkibiy qismlariga ega bo‘ladi va bu elementlar quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatning ob’ektlari. X. T. Odilqoriyevning ta’kidlashiga ko‘ra: «Huquqiy munosabat tarkibiy tuzilishining zaruriy qismlaridan biri - ularning ob’ektidir. «Ob’ekt» - lotincha so‘z bo‘lib, mavzu degan ma’noni anglatadi. xar qanday huquqiy munosabatning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan vazifani o‘taydi. Shu bois ob’ektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabat bo‘lmaydi» 26 . Huquqiy munosabat ob’ektlari moddiy boyliklar, nomulkiy-shaxsiy ne’matlar, muayyan mulkiy yoki nomulkiy huquqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat ob’ekti bo‘lib pensiyalar, va boshqa ijtimoiy yordamlar, turli imtiyozlarga nisbatan fuqarolarda bo‘lgan huquqlar sanaladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat tarkibining ikkinchi muhim elementi - bu munosabatning sub’ektlari qatnashchilaridir. huquqiy munosabatning 26 «Давлат ва ҳуқуқ назарияси». Т., 2000 йил, -Б. 303. 40 sub’ektlari sifatida har doim sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlarga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning o‘zi (o‘z organlari va muassasalari orqali) ishtirok etadi. Shaxs huquq sub’ekti sifatida huquqiy munosabatlarda qatnasha olishi uning huquq sub’ektlilik layoqatiga ega ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. «Huquqiy sub’ektlilik - huquq sub’ekti bo‘la olish qobiliyatidir. Huquq normasi, huquqiy sub’ektlik va yuridik fakt huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shart-sharoitlari hisoblanadi» 27 . Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlarda munosabat sub’ekti bo‘lib quyidagilar qatnashadilar: 1. Fuqarolar (tegishli hollarda chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar); 2. Yuridik shaxslar (mulkchilik shakli, xo‘jalik yuritish usulidan qat’i nazar); 3. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligining a’zolari; 4. Davlat (o‘zining ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ta’minot tizimini boshqaruvchi organlari, muassasalari orqali); 5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 6. Oila - yaxlit, bir butun holda. Ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqiy munosabatlarda qatnaShuvchi shaxslarning huquq layoqatlari va muomala layoqatlari, vakolatlari, majburiyatlari hamda javobgarlikpari hajmi fuqarolik qonunlarida; korxonalarning Ustav va nizomlarida va boshqa qonunchilik aktlarida belgilab qo‘yiladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni uchinchi elementni tashkil etadi va u munosabat ishtirokchilarining huquqlari hamda sub’ektiv majburiyatlaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni qonun hujjatlariga ko‘ra uning sub’ektlariga berilgan huquqlar hamda vakolatlar, yuklatilgan majburiyatlarga ko‘ra belgilanadi. 27 Саидов А.,. Тожиҳонов У . «Давлат ва ҳуқуқ назарияси». Т., «Адолат», 2001 йил, -Б. 264. 41 Ijtimoiy ta’minot huquqiy munosabatlari qatnashchilarining huquqlari va manfaatlari qonunlarga muvofiq ma’muriy usulda (yuqori turuvchi davlat yoki jamoat organi orqali) yoki sud tartibida himoya qilinishi mumkin. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar maqsadga ko‘ra: a) huquqlarni amalga oshirishga qaratilgan; b) huquqlarni himoya qilishga qaratilgan; v) huquqlarni tan olishga - belgilashga qaratilgan; g) protsessual munosabatlarga bo‘linishi mumkin; d) javobgarlikka oid munosabatlar. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish shakllariga ko‘ra esa bu munosabatlarni: 1) Mehnat staji va uzoq yillik xizmat muddatini belgilashga oid munosabatlar; 2) Pensiya tayinlash, to‘lash sohasidagi munosabatlar; 3) tayinlash va to‘lashga oid munosabatlar; 4) Fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlar; 5) Yolg‘iz fuqarolarni qariyalar uyi va nogironlar uylariga joylashtirish, u yerda saqlash-ta’minlashga oid munosabatlar; 6) Aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar va yengilliklar berish bilan bog‘liq munosabatlar; 7) Ijtimoiy ta’minot sifatini, ijtimoiy ta’minot berilishida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar va boshqa munosabatlarga bo‘lish mumkin. Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlarning har bir turini huquqiy tartibga solishga oid xususiyatlar tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutib qo‘yilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling