Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
2. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot
huquqidagi o‘rni. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanib-chuqurlashib borgani sari iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar jarayoni bilan mutanosib ravishda davlat hayotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirib borilmoqda. Bu narsa, eng avvalo, davlat 58 faoliyatining demokratlaShuvi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyatga o‘tib borilayotganligi, davlat organlariga xos bo‘lgan bir qator funksiyalarni jamoat organlariga topshirilayotganligida, nodavlat tashkilotlarining jamiyatni idora qilishdagi mavqei va vakolati muntazam ravishda kuchayib borayotganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. “Shuni alohida ta’kidlash kerakki, - degan edi O‘zbekiston Respublikasining Sh.M.Mirziyoev- Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun muxtaram nuroniylarimizga, qadrli mehnat faxriylariga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga, ularning barchasiga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, baxt-u saodat va farovonlik tilashga ruxsat bergaysizlar. Shu borada bir fikrga alohida urg‘u berib ta’kidlamoqchiman: yoshi ulug‘ insonlar, katta avlod vakillariga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Shu maqsadda pensionerlar, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirish bo‘yicha ayni paytda keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va ular so‘zsiz amalga oshiriladi. «Nuroniy» va «Mahalla» jamgarmalarining xodimlar shtatlarini ko‘paytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jamiyatimiz hayotida ularning o‘rni va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha zarur choralar ko‘riladi” 31 . Ijtimoiy ta’minot sohasida ham davlat faoliyatining yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyat rolini kuchaytirishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirila boshlandi va bu tadbirlar o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari o‘rtalaridan boshlab avj oldirilgan yalpisiga ijtimoiy ta’minlashdan aniq yo‘naltirilgan, aholining ijtimoiy zaif, kam ta’minlangan, beva-bechora qatlamlariga yordam berishga qaratilgan ijtimoiy ta’minotga o‘ta borilishi tendensiyasi bu masalada nodavlat tashkilotlari, turli ijtimoiy jamg‘armalar ahamiyatini keskin oshirishga 31 Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатинит биргаликда барпо этамиз,Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг ҳўшма мажлисидаги нутқи. Ш.Ш.Мирзиёев –Тошкент.”Ўзбекистон” НМИУ.2016. –Б.12 59 olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilinishi bilan 1997 yil 1 yanvardan boshlab bolali oilalarga fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanishi va to‘lanishi tartibi joriy etildi. Keyinchalik fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini, ayniqsa aholini ijtimoiy himoyalashdagi ahamiyati yanada oshira borildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra ishlamaydigan onalarga bolasi ikki yoshga etguniga qadar uni parvarishlashi, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifalari ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatildi. Ularga yosh oilalarga moddiy madad ko‘rsatish vazifasi ham topshirildi. 1999 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi bilan 32 ularning mavqei yanada oshirildi. Ushbu qonunning 1-moddasiga ko‘ra: Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi - fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, Shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari quyidagilar sanaladi: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi); fuqarolar yig‘inining kengashi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 32 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ақборотномаси, 1999 йил, 5-сон, 110-модда. 60 komissiyalar; fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi). Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinishi kerak. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolar yig‘inining vakolatlari «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasida belgilangan va bu vakolatlar qatoriga, Shuningdek, shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va bolali muhtoj oilalarga tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lardan o‘z o‘rnida va samarali foydalanishni ta’minlaydi. Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig‘iniga ham ana Shunday vakolatlar berilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling