Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Ayrim turdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat stajini


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

3.Ayrim turdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat stajini 
hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari.
1. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish
38.
Tadbirkor davlat soliq 
xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir paytda byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga 
aylanadi.
Tadbirkor o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan 
ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan miqdoridan 
kelib chiqib byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari 
miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi. Biroq, eng kam miqdori har oyda 
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam 
bo‘lmagan miqdorni, yoshiga oid pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, Shuningdek 
I va II guruh nogironlari bo‘lgan tadbirkorlar uchun esa eng kam oylik ish haqining 
kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Sug‘urta badallari to‘lanishining hisobi umumiy belgilangan tartibda 
tadbirkorning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
38
Қаранг : Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2001 йил 24 августдаги 351-сон қарори 
билан тасдиқланган “Юридик шахс бўлмасдан тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланувчи жисмоний 
шахсларнинг меҳнат стажини ҳисобга олиш ва уларнинг бюджетдан ташқари пенсия жамғармасига бадаллар 
ажратиши ТАРТИБИ”. Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами. 2001 й, 15,16 –сон. 2001. 


78 
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik bilan o‘rindoshlik bo‘yicha 
shug‘ullanuvchi shaxsning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga tadbirkor 
sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin. Yozuv ro‘yxatdan 
o‘tkazish joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan kiritiladi.
Tadbirkorning mehnat stajiga u byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlash uchun mehnat stajini 
hisoblab chiqishda, agar to‘langan badallar summasi ushbu yilning barcha oylari 
uchun belgilangan eng kam badaldan kam bo‘lmasa (to‘langan penyalarni hisobga 
olmagan holda), stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Tadbirkorning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’i nazar pensiya va 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
To‘liq kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash bo‘lgan hollarda, agar mazkur 
yilda badallar kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa stajga kalendar yil 
qo‘shiladi.
Mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki yo‘qotilgan taqdirda tadbirkorning 
pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish 
staji hisobga olish kartochkasi yoki hisobga olish daftaridagi yozuvlar bo‘yicha 
hisoblab chiqiladi.
Tadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvohlik ko‘rsatmalari 
bilan tasdiqlanmaydi.
2. Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy sug‘urtalash va ularning mehnat stajini 
hisobga olish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 avgustdagi 
351-son qarori bilan tasdiqlangan "Dehqon xo‘jaligi a’zolarini ijtimoiy 
sug‘urtalash va ularning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida NIZOM" ga ko‘ra
39
 
Dehqon xo‘jaligi a’zolari ixtiyoriylik asosida ijtimoiy sug‘urta qilinadi.
39
Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2001 й. . 15,16 -сон


79 
Mazkur Nizom qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari etishtirish bilan 
band bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari a’zolariga tatbiq etilmaydi.
Ijtimoiy sug‘urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo‘jaligi a’zosi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati 
organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan 
ta’minlanish va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqaning o‘zi istaydigan 
miqdoridan kelib chiqib byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta 
badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi, biroq sug‘urta badallarining eng 
kam miqdori bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam 
bo‘lmagan miqdorni tashkil etishi kerak.
Mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini tasdiqlovchi 
asosiy hujjat hisoblanadi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat 
daftarchasi dehqon xo‘jaligi a’zosi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida u sug‘urta badallari 
to‘laydigan butun muddat mobaynida saqlanadi va yuritiladi.
Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi sug‘urta badallari to‘lash boshlangunga 
qadar mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, ijtimoiy ta’minot bo‘limi 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga mehnat daftarchasi ochadi.
Agar dehqon xo‘jaligida ishlash fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblansa, 
uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajiga u byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlash uchun 
mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar dehqon xo‘jaligi a’zosi ushbu yilda 12 
oy ishlagan va kamida 9 oy badal to‘lagan bo‘lsa, stajga kalendar yil 
qo‘shiladi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat daftarchasi bo‘lmagan yoki 
yo‘qotilgan taqdirda pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa 


80 
tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish staji hisobga olish kartochkasi yoki hisobga 
olish daftaridagi yozuvlar asosida hisoblab chiqilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi tomonidan sug‘urta badallari to‘lanishi va 
uning qancha davom etganligi guvohlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqayotgan va 
etishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning mehnat 
stajini hisoblash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 apreldagi 
67-sonli" 2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer 
xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini 
ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida gi Qarori ga ko‘ra shaxsii yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida ui 
xo‘jaligi a’zolarining mulki bo‘lgan yoki ijara shartlarida olingan 
qoramolni boqishni hamda chorvachilik mayda tovar mahsulotlari
etishtirishni va ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishni amalga 
oshiruvchi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar band hisoblanadilar hamda 
ularga agar ular ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida turmasa 
yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xususiy tadbirkorlar 
hisoblanmasa yoxud o‘quv yurtlarida o‘qimasa ularga belgilangan 
namunadagi mehnat daftarchasi ochiladi (yuritiladi).
Ushbu shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga bir yilda eng kam oylik 
ish haqining to‘rt yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urta badallari 
to‘langan taqdirda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini 
sotish bilan band bo‘lingan davrlar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlash 
uchun mehnat stajiga qo‘shiladi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan 
band bo‘lgan fuqarolarga mehnat daftarchasi berish tuman (shahar) Bandlikka 
ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.


81 
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan 
band bo‘lgan shaxslarning mehnat stajini hisobga olish byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida davlat soliq 
xizmati organlaridan olingan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) ijtimoiy 
ta’minot bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan (avval mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullangan) shaxslar uchun faoliyatning ko‘rsatilgan turi bilan bandlik 
to‘g‘risidagi yozuvlar tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan amalga 
oshiriladi.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida qoramol boqish va etishtirilgan 
chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan fuqaro byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, 
o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya ta’minotining xohlangan 
miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin bir yilda eng kam oylik ish haqining to‘rt 
yarim barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilaydi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lashning shaxsiy hisobi 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan, shaxsiy 
yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish va etishtirilgan chorvachilik 
mahsulotlarini sotish bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘langanligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati 
organlari ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlarda 1991 yil 1 yanvargacha mehnat shartnomasi bo‘yicha 
ishlash davri bu ishni bajarish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi 
organlari ishtirokida tuzilgan hollarda mehnat stajiga qo‘shiladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling