Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Nodavlat pensiya ta’minoti va uni rivojlantirish istiqbollari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

3. Nodavlat pensiya ta’minoti va uni rivojlantirish istiqbollari.
Fuqarolik jamiyati barpo etilar ekan, davlat funksiyalari bosqichma-bosqich 
nodavlat tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazila 
borilishi taraqqiyotimizning uzviy bo‘lagi, zaruriy bosqichi sifatida tasavvur 
qilinishi lozim.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo qilinish vazifasi ilgari surilar 
ekan, uning bosh maqsadi - taraqqiy topgan davlat, o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydigan jamiyat qurish, fuqarolarimiz uchun 


61 
yuksak turmush sharoitlarini ta’minlash, har bir insonga o‘z aqliy va jismoniy 
salohiyatini to‘la yuzaga chiqarishi imkoniyatini yaratishdan iborat ekanligi 
aniq -ravshan belgilab qo‘yilgandir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Maxkamasi va Prezident 
Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma 
majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek: "Hamma narsa inson uchun, uning 
kelajagi uchun" degan ezgu tamoyilni to‘liq amalga oshirish biz uchun doim eng 
muxim ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Bizning iqtisodiyot, siyosat, davlat- huquq va sud sohasida amalga 
oshirilayotgan barcha o‘zgarish va islohotlarimiz pirovard natijada yagona 
maqsadga - xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratish , odamlarning 
daromadi va farovonligini izchil oshirib borish, har bir insonga o‘zining 
intellektual, kasb va manaviy saloxiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur 
imkoniyatlar yaratib berishga qaratilishi darkor"
33
.
Ijtimoiy himoyalash soxasidagi davlat funksiyalari bosqichma-bosqich 
jamiyat zimmasiga o‘tkazilishi jarayonlarining jadallashganligi, bunda maxalla
komitetlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
ahamiyati ortib 
borayotganligi ijtimoiy yordam ko‘rsatish usullarini yanada takomillashtirish, 
yangi huquqiy vositalardan kengroq foydalanishlikni taqazo qilmoqda.
Nodavlat tuzilmalar, jamoat birlashmalari, xorijiy xayriya tashkilotlari va 
ayrim hususiy fuqarolar tomonidan pul yoki natural shaklda xayri- exson yordami 
ko‘rsatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar ham ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
faoliyati bilan bog‘liq ravishda turli organlar, tashkilotlar, shaxslar o‘rtasidagi 
nizolar hal etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar, ijtimoiy himoya oluvchilar 
bilan yordam ko‘rsatuvchi organlar o‘rtasidagi nizolar, qonun buzilishi xollarini 
bartaraf etish bilan bog‘liq munosabatlarni ham ushbu munosabatlar qatoriga 
kiritilishi maqsadga muvofiq.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki yillarida butun aholi qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalash yo‘li tutildi. Bunda narxlar oshishini kompensatsiyalash, 
33
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. Т. Ўзбекистон. 2007. , -Б. 46.


62 
eng muhim oziq-ovqat tovarlari narxini eng past darajada ushlab turish, 
talonlar vositasida tarqatish kabi yo‘llardan foydalanildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar 
natijasida bozor sharoitlari talablariga moslashmagan, boqimandalik 
kayfiyatlaridan xalos bo‘lib ulgurmagan aholini qashshoqlashib ketishining oldi 
olindi, mamlakatda tinchlik - osoyishtalik va barqarorlik ta’minlandi.
Bugungi kunda amalga oshirib kelinayotgan sud-huquq va qonunchilik 
sohasidagi islohotlarimizda aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minlash 
yuzasidan tub o‘zgarishlar qilinishi dolzarb bo‘lib turgan vazifalar jabhasiga kiradi. 
Bunda aholining muhtoj tabaqalari ijtimoiy himoyasida, ehtiyojmand shaxslar va 
oilalarni moddiy-ijtimoiy qo‘llab -quvvatlash ishlarida nodavlat tuzilmalarini, 
ularning moliyaviy mablag‘larini faol jalb etish, muxtojlarni ijtimoiy himoyalash 
nafaqat davlat, balki butun jamiyat oldida turgan dolzarb vazifa ekanligi chuqur 
anglanmog‘i lozim. Shunga ko‘ra ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot jarayonida 
nodavlat sub’ektlari ishtiroki darajasi, ularning bu sohadagi huquqiy maqom, 
bunday hayrli ishlarda qatnashganlari uchun davlat va
jamiyat tomonidan amalga 
oshiriladigan rag‘batlantirish tadbirlari, nodavlat mablag‘larini va nodavlat 
sub’ektlarini hokimiyat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
majburlash yo‘li bilan noqonuniy ijtimoiy himoyalash ishlariga jalb etganlik uchun 
javobgarlik choralari bilan bog‘liq norma va qoidalar ishlab chiqilishi, mavjudlari 
esa zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilirshi kerak.
Nodavlat ijtimoiy himoyasi va ijtimoiy ta’minoti shakllarini rivojlantirilishida 
bunday hayrli ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini, ular ishtiroki usullarini va 
ijtmoiy yordam ko‘rsatishning aniq huquqiy mexanizmlarni barpo qilinishi 
ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.
Nodavlat ijtimoy himoyasi taraqqiy toptirilishida jahon tajribasi va ilg‘or 
mamlakatlarning bu sohada erishgan yutuqlari e’tiborga olingani holda 
pensiyalarning va moddiy - ijtimoiy ta’minlashning nodavlat shakllarni keng joriy 
qilinishi, bu sohadagi huquqiy baza taomillashtirilishi va uzluksiz rivojlantirilishi 
lozim.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 


63 
ta’kidlaganidek: «Aholini ijtimoiy himoyalash, odamlarning moddiy ahvolini 
yaxshilash vazifalarini hal qilishda davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat 
jamoalarining, jamoat tashkilotlari va hayriya boshqa xayriya jamg‘armalarining 
mablag‘lari faol ishga solinmog‘i tashkilotlarining («Navro‘z», «Mahalla», 
«Mehr-shafqat» xamda kerak. Ijtimoiy himoyalash davlatning ham, jamoat 
tashkilotlarining, turli xayriya jamg‘armalarining ham asosiy vazifasi bo‘lmog‘i 
lozim
34
.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling