Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


). Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ huquqiy


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

5). Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ huquqiy 
hujjatlari. Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 12-moddasiga 
ko‘ra: "Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida 
buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar
qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar 
qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan 
normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda 
ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari 
bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning 
bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin".
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, 
agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n 
kundan keyin kuchga kiradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida barcha 
manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi lozim.
Aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minot sohasida qonunlarni ijro 
etilishi idoraviy me’yoriy hujjatlar vositasida ta’min etiladi. Ijtimoiy ta’minotga 
oid idoraviy normativ huquqiy hujjatlar turli vazirlik va idoralar tomonidan qabul 


34 
qilinishi mumkin. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 
yetakchi o‘rinda turadi.
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotga oid qonunlar ijrosini ta’minlashga 
qaratilgan ko‘plab idoraviy me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vzirligi tomonidan 20.05.2003 yil 20 mayda 
1136-1-son bilan ro‘yxatga olingan "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha 
nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom"
20
; O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 3 sentabrda 1710-son bilan 
ro‘yxatga olingan "Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari 
hamda pensionerlar yig‘ma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi 
yo‘riqnoma"
21
; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 20 
iyulda 198-1-son bilan ro‘yxatga olingan "Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash 
to‘g‘risidagi Tartibga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qaror
22

“O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni 
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya Vazirining 2015 yil 30 yanvardagi 6-sonli 
buyrug‘i;O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017 yil 7-martdagi 
buyrug‘i va boshqalar.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling