Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


). Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

6). Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ huquqiy 
hujjatlari.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 104-moddasiga ko‘ra Hokim o‘ziga 
berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, birlashmalar, Shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasiga muvofiq 
"Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar shaklida 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
20
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 31-32-сон, 326-модда.
21
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2007 йил, 35-36-сон, 368-модда.
22
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2005 йил, 28-29-сон, 218-модда.


35 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Shuningdek yuqori turuvchi mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi"
O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi 
qonuni 6-moddasiga ko‘ra: "Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari 
doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
ijro etilishi majburiydir"
23.
7). Xalqaro huquqiy hujjatlar ijtimoiy ta’minot huquqining manbai 
sifatida. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan halqaro 
huquqiy hujjatlar milliy qonunchilik tizimiga implementatsiya qilinishi orqali ham, 
uni bevosita ham qo‘llanilishi mumkin va Shu sababli ular ijtimoiy ta’minot 
huquqining manbai sanalishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida ko‘rsatib 
qo‘yilganidek: xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi so‘zsiz 
e’tirof qilinadi va milliy qonunchilik normasi bilan O‘zbekiston Respublikasi 
qo‘shilgan xalqaro huquqiy xujjat o‘rtasida raqobat paydo bo‘lganida xalqaro 
huquqiy hujjatga ustuvorlik beriladi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi manbai sifatida xalqaro huquqiy hujjatlar haqida 
so‘z borganda eng avvalo Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari 
standartlari sanaluvchi va O‘zbepkiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya
qilingan "Inson huquqlari
umumjahon Deklaratsiyasi", "Iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy huquqlar haqidagi xalqaro Pakti, Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi 
Xalqaro Pakt va uning fakultativ protokollari, va boshqalar nazarda tutiladi. 
Bunday xalqaro huquqiy hujjatlar orasida Xalqaro mehnat tashkiloti 
Konvensiyalari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasida qabul qilingan Bitim va 
kelishuvlar nazarda tutiladi.
Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolarini 
23
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаш Ахборотномаси 1993 й. 9-сон, 320-модда


36 
ijtimoiy himoyalash va qo‘shimcha ijtimoiy ta’minlash maqsadida qabul qilingan 
va jamoa shartnomasi va boshqa lokal me’yoriy hujjatlarda mustahkamlangan 
normalar ham ijtimoiy ta’minot huquqi manbalari sifatida qaralishi mumkin.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling