Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlarining sub’ektlari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1.10. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlarining sub’ektlari.
Ijtimoiy ta’minot sohasida huquq layoqati va muomala layoqati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 aprelda qabul qilgan "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 42 organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-616- sonli Qarori 28 ga ko‘ra aholi daromadlari va farovonligi darajasini o‘stirishning g‘oyat muhim omili sifatida uning bandligini oshirish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, mehnat bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, odamlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, ushbu masalalarni hal etishda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining rolini faollashtirish hamda javobgarligini kuchaytirish, shuningdek ular faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida ijtimoiy ta’minot organlari tizimi va ularning ish faoliyati takomillashtirildi. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoyalash yuzasidan huquqiy munosabatlarning ob’ekti bo‘lib fuqarolarga bu sohada berilgan huquqlar va ularning amalga oshirilishi jarayonida yuz beruvchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar sanaladi. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda turli-tuman shaxslar ishtirok etadilar, ularning maqsadi, ishtirok etish usullari va huquqiy maqomi bir - biridan jiddiy farq qiladi.Xozir amalda tarkib topgan tarkibiy tuzilishga ko‘ra pensiya va nafaqalar tayinlash va to‘lashga oid munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy himoyaning natural ko‘rinishlari amalga oshirilishida esa O‘zbekiston Rekspublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va ularning joylardagi organlari yetakchi o‘rinni egallaydilar.Fuqarolarga va oilalarga bevosita ijtimoiy yordamni amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham yuksak mavqega egadir. Bulardan tashqari, ijtmoiy ta’minot va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq munosabatlarda ta’minot oluvchi sub’ektlar sifatida fuqarolar (ayrim fuqaro yoki oila), nodavlat-notijorat tashkilotlari, korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishlari mumkin. Quyida ularning har qaysisini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. 28 Ўзбекистон Республикасининг Қонун хужжатари тўплами. 2007 йил.15-сон.156-модда. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling