Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Ijtimoiy ta’minot huquqining manbalari tushunchasi va ularning
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1.6 Ijtimoiy ta’minot huquqining manbalari tushunchasi va ularning
tasnifi Huquq manbai deganda ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishida qo‘llaniladigan huquqiy shakllar nazarda tutiladi. Davlat huquq normalari vositasida ijtimoiy munosabatlar maromiga, unda ishtirok etayotgan shaxslar hulq-atvoriga ta’sir etadi, huquq normalarini qabul qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga o‘zlariga tegishli huquq va erkinliklardan foydalanish, bu huquqlarga uchinchi shaxslar tomonida tajovuz qilingani taqdirda esa ularni himoya qilish choralari va usullarni nazarda tutadi. Qonun davlat erkini qonun hujjatlari orqali moddiylashgan holda ifodalanish shaklidan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot huquqi ommaviy huquq sohasiga mansub bo‘lgani tufayli uning predmeti jumlasiga kiruvchi ijtimoiy munosabatlar asosan davlat qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolariga korxona mablag‘lari hisobidan ijtimoiy-moddiy ko‘mak berish bilan bog‘liq munosabatlar ularning o‘zlari tomonidan qabul qilingan shartnomaviy yo‘sindagi lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinishi mumkin. Nodavlat mablag‘lari hisobidan homiylar va boshqa savob talab fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya aktlarini amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va uning asosidagi boshqa qonun hujjatlariga binoan (shartnomalar tuzish va ularni ijro qilish) tartbga solinishi mumkin. Ijtimoiy ta’minot davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganida barcha uchun majburiy tusdagi qonun hujjatlariga ko‘ra tartibga solinadi. Huquq manbai sifatidagi, shu jumladan, ijtimoiy ta’minot huquqi manbai sifatida qonun hujjatlarining xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar va boshqa 7 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Қонун қужжатлари тўплами. 2001 йил, №20, 139-модда. 22 ko‘pgina masalalar O‘zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonunida mustahkamlab qo‘yilgan 8. Ushbu qonunga ko‘ra huquqning manbai deb belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi manbalari jumlasiga quyidagilar kiradi: a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; j) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hammaning e’tibori uchun rasman e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas. Normativ-huquqiy hujjat rasman bayon tarzida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron ma’lumot tizimlari orqali tarqatishga bu 8 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2001 й. 1-2-сон, 8-модда 23 hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan so‘ng hamda barcha rekvizitlari, e’lon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular e’lon qilinishi shart. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi. Qonun osti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi. Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling