20
rag‘batlantirilishi va qo‘llab-quvvatlanishi tamoyili.
Odatda fuqarolar ijtimoiy ta’minot uchun oldindan badallar to‘lamaydilar
(qonunda ko‘zda tutib qo‘yilgan hollardan, yakka tadbirkor va dehqon xo‘jaligi
a’zosi bo‘lgan fuqarolardan tashqari) va ijtimoiy ta’minot byudjet mablag‘lari,
byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ammo kelgusida pensiya ta’minoti tizimlarida islohotlar qilinishi natijasida
fuqarolarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga parallel pensiya ta’minoti
tizimlari ham
vujudga keltirilishi mumkin. Jahonning ayrim rivojlangan mamlakatlarida
ana shunday nodavlat ijtimoiy ta’minot tizimlarining mavjudligi va amal qilib
turganligi, hozirda mustaqil bo‘lgan hamdo‘stlik davlatlarining ba’zilarida ham
shunday nodavlat pensiya ta’minoti tizimlarini barpo etilayotganligi bizning
mamlakatimizda ham kelgusida ana shunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini
istisno etmaydi
6
.
7)
Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoat
nazoratining o‘rnatilganligi tamoyili.
Ijtimoiy ta’minotga oid mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishi
maqsadga muvofiq va to‘g‘ri sarflanishi, ijtimoiy ta’minotni
amalga oshiruvchi davlat hamda jamoat organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatining qonuniyligi ustidan umumiy nazoratni O‘zbekiston Respublikasi
prokuratura organlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunining 4-
moddasiga muvofiq: «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralar, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro
etilishi
ustidan nazorat qilish;
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar
ijrosi ustidan nazorat qilish» prokuratura organlari faoliyati yo‘nalishlaridan
6
Жумладан, кейинги йилларда нодавлат манбаларидан ижтимоий таъминлашга Қаратилган бир қатор
қонунлар қабул қлинганлиги кўрсатиб ўтилмоғи лозим. Масалан, “Фуқароларнинг жамғариб бориладиган
пенсия таъминоти тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси 02.12.2004 йил 2 декабрдаги Қонуни //
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2005 й. 1-сон, 6-модда; “Ҳомийлик тўғрисида”
Ўзбекистон Республикасининг 02.05.2007 йил 2 майдаги Қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий
Мажлиси
палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й. 5-сон, 218-модда
21
sanaladi
7
.
Prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari,
usullari va vositalari yuqorida eslatilgan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunda
nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: