Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Yosh psixologiyasida kuzatish metodidan foydalanish


Download 1.53 Mb.
bet10/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Yosh psixologiyasida kuzatish metodidan foydalanish
Odatda kuzatish tabiiy sharoitda, faoliyatning kechishiga halaqit bermagan holda olib boriladi, lekin maishiy hayotdagi oddiy kuzatishdan, muayyan bir maqsad asosida amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan kuzatishni farqlash lozim.
Yosh psixologiyasida ushbu metodning ob'yektiv(tashqi) va sub'yektiv (o’z-o’zini) kuzatish turlari mavjud. Ruhiy taraqqiyotning har bir yosh davriga xos bo’lgan xususiyatlar, bola psixikasidagi o’zgarishlar(yangilanishlar) va uning xulq-atvorini kuzatish uchun quyidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi:

  • kuzatishning maqsadi hamda vazifasi belgilab olinadi;

  • kuzatiladigan ob'yekt tanlanadi;

  • kuzatiluvchining yoshi, jinsi xaqida ma'lumot olinadi;

  • kuzatish ishini o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;

  • kuzatishning davom etish muddati qat`iy belgilanadi;

  • kuzatish qaysi faoliyat turi(o’yin, o’qish, mehnat, sport)da amalga oshirilishi tavsiya etiladi;

  • kuzatishning shakli(yakka, guruhiy) tanlab olinadi;

  • kuzatilganlarni qayd etib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, diktofon, videokamera va boshqalar) tayyorlab qo’yiladi.

Kuzatish orqali idrokning xossalari, diqqatning o’sishi, yuz ifodasida aks etadigan emotsional xolatlar, faoliyat jarayonidagi hatti-harakatlar, asab tizimining qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari, nutq faoliyati kabilar o’rganiladi.
G’o’daklik yoshidagi bolani kuzatishda, uning dastlabki faoliyati sanalgan bevosita hissiy muloqotining o’ziga hosligi, o’z yaqinlarini tanishi, ularga(ayniqsa onasiga) talpinishi, o’yinchoqlarga munosabati, istak-xohishi aniqlanadi.
Ilk yoshdagi bolalarni kuzatish mobaynida bilish jarayonlari(sezgi, idrok, xotira, amaliy tafakkur)ning taraqqiy etishi, predmetli faoliyati, “men-obrazi”ning shakllanishi, nutq faoliyatini egallashiga oid ma`lumotlarni olish mumkin bo’ladi.
Bog’cha yoshi davri – bolaning shaxs sifatida ulg’ayishidagi eng murakkab davr desak hato qilmagan bo’lamiz. Kattalar(ota-ona, bolaning yaqin kishilari, tarbiyachi-murabbiylar) aynan shu davrda, bolada yuz berayotgan o’zgarishlar, ichki ruhiy kechinmalarning mohiyatini tushungan holda munosabatda bo’lsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Mazkur davrda bolaning irodaviy sifatlari, shaxsiy fazilatlari, xarakter xislatlari barqarorlik kasb eta boshlaydi.
Bolada o’z “men”ligini anglashning tashqi va ichki belgilari yaqqol ko’zga tashlanadi, mustaqillikka intilish tuyg’usi kuchayadi, unda o’z xulq-atvori, «yurish-turishi» bilan kattalarning maqtovi va olqishini eshitish ishtiyoqi ortadi.
Kattalar tomonidan bolaning xulqi va hatti-harakatlariga berilgan baho, uning o’z-o’zini baholash darajasiga bevosita ta`sir ko’rsatadi, shuning uchun ushbu yoshda kattalardan bola xilqiga e`tibor va kuzatuvchanlik talab etiladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning ruhiy va jismoniy xususiyatlarini kuzatishlar orqali o`rganish, ularning maktab ta`limi doirasidagi dastur talablarini bajarishlarini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshi 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo`lgan davrni o’z ichiga olib, ular maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanishadi.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning ushbu davrda kechadigan 4 yillik hayoti va faoliyati muhim o`zgarishlarga boy bo`ladi, o’quvchilar maktabdagi o’quv faoliyati davomida o’qituvchidan axborot olish bilan birga, uning mazmun va mohiyatini ham anglab yeta boshlaydilar.
Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy aytganlaridek, - “Jismni – tabib, yog’ochni – duradgor, po’latni – temirchi o’z san`ati uchun keragicha bilganidek, tarbiyachi bola ruhiyatini qancha kerak bo’lsa, shuncha bilishi kerak”.
O'smirlik davri bolalikdan kattalar olamiga qadam qo’yish xisoblanadi va o'z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turadi. Bu davr bolalarning 5-sinfdan 8-9-sinflargacha o’qish paytlariga to’g’ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davr oralig’ida kechadi, ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O'smirlik davri ayrim adabiyotlarda «o'tish davri», «og'ir davr», «inqirozli xolatlar davri» kabi nomlar bilan ham ataladi.
Kuzatish metodini barcha yosh davrlarini o’rganishda qo’llash mumkin, lekin uning qulay va samarali tomonlari bilan bir qatorda zaif jihatlari ham mavjud, shuning uchun ushbu usuldan foydalanish, bolaning o’ta murakkab kechadigan ruhiy taraqqiyotini tadqiq etuvchi boshqa metodlar bilan uzviy aloqadorlikda olib borish maqsadga muvofiq xisoblanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling