Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Tadqiqotning yordamchi metodlari
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test metodi.
Tadqiqotning yordamchi metodlari
Suhbat metodi. Suhbat metodi sirtdan qaraganda oddiy so’zlashuv jarayoni bo’lib ko’rinsada, aslida odamning ichki ruhiy xolati, hissiy kechinmalari, aloxida psixologik xususiyatlari, shaxsiy xislat va fazilatlarni aniqlash imkonini beradi. Dastlab suhbatning asosiy maqsadi va ko’zda tutilgan vazifalar belgilab olinadi, uning ob`ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi. Suhbatlar rasmiy yoki norasmiy, qisqa muddatli yoki davomiy, yakka xolda yoki guruh tarzida o’tkazilishi mumkin. Suhbat metodining o’ziga xos afzallik jixatlari ham mavjud: - maxsus laboratoriya xonasi va jixozlar talab etilmaydi; - muloqot bevosita, jonli o’tkaziladi; - bir vaqtning o’zida bir necha kishini qamrab oladi; - mavzu bo’yicha oldindan tayyorgarlik ko’rish va prognoz qilish imkoniyati mavjud; - milliy xususiyatlar va maxalliy shart-sharoitlar e’tiborga olinishi mumkin; - yakka xolda va intim; - oddiy va xayotiy; Suhbat metodini qo’llash orqali psixolog suhbatdoshining yuz mimikasi, ko’z qarashlari, imo-ishoralari va kayfiyatini tez ilg’ab olishi, ichki kechinmalari, fikr yuritishi, fe’l-atvori to’g’rsida ma’lumotga ega bo’lishi, eng muximi tinglay olishi va o’z fikr mulohazalarini bildirishi zarurdir. Suhbat o’tkazish jarayoni quyidagi talablarni o’z ichiga oladi: - suhbat aniq maqsad va reja asosida tashkil qilinadi; - suhbat o’tkazish uchun qulay joy tanlab olinadi xamda vaqti belgilanadi; - so’zlashuv suhbatdoshning hissiy xolatiga mos ravishda boshlanadi; - suhbat mazmuni oldindan belgilangan yo’nalishga o’tkaziladi; - suhbat o’zaro ishonch ruhida o’tkaziladi; - suhbat shaxs to’g’risida batafsil ma’lumot olingandan so’ng o’tkaziladi; - suhbat o’tkazilayotgan shaxs fikrlari diqqat bilan tiglanadi; - suhbatda uzviylik, ishonch va o’zaro xamkorlikka amal qilinadi; - suhbatda maslahatgo’ylik emas, balki o’zaro xamjixatlik yo’lga qo’yiladi; Yuqorida ko’rsatib o’tilgan talablar asosida zarur bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan mutaxassisning suhbat metodini qo’llay olishi o’quvchilar shaxsi, fikrlash darajasi, his-tuyg’ulari, ma’naviy dunyosi, qiziqishlari, faoliyat motivlarini chuqur o’rganishga xizmat qiladi. Test metodi. Testlar(inglizcha. sinash, tekshirish) - shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirish va anqlashda qo’llaniladigan qisqa, standartlashgan(bir qolipga solingan) savollar, so’rovlar, mashqlar, masala va topshiriqlar xisoblanadi. Testlar shaxsning qiziqishlarii, moyilligi, kasbga yaroqliligi, iqtidorini aniqlashda, temperament tipi va xarakter xislatlarini o’rganishda keng qo’llanadi. Testlar orqali olingan natijalarning qiymati, test sinovi o’tkazuvchining mahorati, yig’ilgan ma`lumotlarning ob`yektivligi va ilmiy tahlil qilishga bog’liqdir. 1905 yilda fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon odamning aqliy o’sish va iste`dod darajalarini o’lchash imkoniyati mavjud degan g’oyani ilgari surganlaridan keyin psixologiyaning turli sohalarida testlar qo’llana boshlandi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, 20 asrning 90-yillaridan boshlab, testlar hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Test-so’rov oldindan qat`iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat test so’rovnomasi shaxsdan berilgan savollarga «ha» yoki «yo’q» tarzida javob berish so’raladi va olingan natijalarga ko’ra: intraversiya-ekstraversiyani aniqlaydi. Test-topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi-ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir. Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi, ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog’lari» testi, yoki TAT(tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda muayyan bir narsaga yo’naltirilgan hatti-harakatlardan, ikkinchi bir ruhiy xolatlar va xususiyatlarning mohiyati aniqlanadi. 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog’lari» testini taqdim etish orqali sinaluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’larni nimalargadir o’xshatishi, ya`ni idrok etishiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlarga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Ushbu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat mutaxassis psixolog qo’llashi va natijalarni moxirona tahlil qilishi talab etiladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling