Go’daklik (tug’ilganidan bir yоshgacha bo’lgan davr)
|
Bolada o’z yaqinlariga nisbatan ishonch tuyg’usi mustahkamlanadi.
O’zaro ishonch hissining paydo bolish sharti – onaning bolaga mehr berishi va parvarish qilishi xisoblanadi.
|
Ilk bolalik ( 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davr)
|
Bolada mustaqillikning ortib borishi.
Bolaga haddan ziyod, keragidan ortiq g’amho’rlik ko’rsatish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bolaning erkinligini cheklash, undan me`yordan ortiq narsalarni talab qilish, unda uyatchanlik, gumonsirash va o’z kuchiga bo’lgan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
|
O’yun yoshi (3 yoshdan 6 yoshgacha)
|
Bolalar turli mashg’ulotlar bilan qiziqa boshlaydilar.
Ota-onalar bolaning mustaqil harakatlarini qo’llab-quvvatlaydilar, bu esa tashabbuskorlik va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga zamin yaratadi.
|
Maktab yoshi
(6 yoshdan 12 yoshgacha)
|
Maktabda ta`lim olish davrida bolalar intizomli bo’lish qoidalari bilan tanishadilar, jamoa hayotida faol ishtirok etishni o’zlashtiradilar.
Ayrim bolalarda “noqislik hissi” paydo bo’ladi, o’z qobiliyatlariga shubha bilan qarash yoki o’z tengdoshlari orasida o’z o’rnini topa omaslik xolatlari ushraydi.
|
O’spirinlik (12-13 yoshdan tahminan 19-20 yoshgacha)
|
Bu yoshda quyidagi hayotiy savollarga javiob izlanadi: «Men kimman?», «Men qayerga qarab ketayapman?».
Keskin o’zgarishlar: anatomik-fiziologik, ijtimoiy.
Jamiyat qabul qilgan me`yorlardan qoniqmaslik, havotirlanish xissini yuzaga keltirishi mumkin.
|
Yoshlik ( 20 yoshdan 25 yoshgacha)
|
Mazkur bosqichda intimlikka erishish yuz beradi.
Bu davrning havfli jihati, shaxsning haddan ziyod o’ziga bino qo’yishi yoki shaxslararo munosabatlardan qochishi xisoblanadi. Bu yolg’izlik xissining paydo bo’lishi, jamiyat hayotidan “uzilish”ga olib kelishi mumkin.
|
Yetuklik ( 26 yoshdan 64 yoshgacha)
|
Samarali faoliyat va sustkashlik o’rtasidagi tanlov;
Faoliyat mahsuli, katta avlodning yoshlarga g’amho’rlik ko’rsatishi uchun yo’naltiriladi.
Muayyan bir faoliyatda muvaffaqiyatga erisha olmagan kishilar o’zi-bilan o’zi bo’lib qoladi.
|
Qarilik (65 yoshdan umrning oxirigacha)
|
Faqat keksalik yoshidagina “o’tgan hayot yo’llarida olingan saboqlar” dan xulosalar chiqariladi. Ayrim kishilar o’z hayotini ro’yobga chiqmagan imkoniyatlar va hatoliklar davri deb ataydi.
|