Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Ta`lim amaliyoti bilan bog’liq yosh davrlari differensiyasi


Download 1.53 Mb.
bet19/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

2.3. Ta`lim amaliyoti bilan bog’liq yosh davrlari differensiyasi
XX asr boshlarida vujudga kelgan yirik psixologiya yo’nalishlarining taniqli vakillari inson umrining betakror xususiyatlarini e`tirof etgan holda, ruhiy taraqqiyotning kechishini turli yosh davrlariga bo’lgan holda o’rganishgan.
Har bir yosh davri o’zining muhym hayotiy shart-sharoitlari, yuzaga kelgan ehtiyojlari, faoliyat turlari va motivlari, o’ziga xos qarama-qarshiliklari hamda inqirozli xolatlari, bola psixikasidagi yangi sifat o’zgarishlari bilan ajralib turadi.
Personologik nazariyaning yirik vakili E.Shpranger «O’spirinlik davri psixologiyasi» nomli asarida o’spirinlik davriga 13-19 yoshli qizlar, 14-22 yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uning fikricha, aynan ushbu yosh davrida quyidagi asosiy o’zgarishlar yuz beradi:

  • shaxsiy «Men»ni kashf qilish;

  • refleksiyaning o’sishi;

  • o’zining alohida shaxs ekanligini anglash va o’zining shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini e`tirof etish;

  • hayotiy ezgu rejalarning paydo bo’lishi;

  • o’z shaxsiy hayotini yo’lga qo’yishga intilish;

14-17 yoshlardagi o’spirinlarda vujudga keladigan inqirozli xolatlar, o’zlariga nisbatan kattalarning bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuyg’usining paydo bo’lishi, 17-21 yoshdagi o’spirinlarda esa, o’z tengdoshlaridan «ajralish» inqirozi va yolg’izlik hissining yuzaga kelishi bilan izohlanadi.
Fransuz psixologi Anri Vallon bolaning ruhiy taraqqiyoti va shaxs sifatida ulg`ayishiga ko’ra yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  • homilaning ona qornidagi davri;

  • impulsiv harakat davri – tug’ilgandan 6 oylikkacha;

  • emotsionallik (hissiy xolatlar) davri – 6 oylikdan 1 yoshgacha;

  • sensomotor (idrok va harakatning uyg’unlashuvi) davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha;

  • personologizm (shaxsga aylanish) davri – 3 yoshdan 5 yoshgacha;

  • farqlash davri – 6 yoshdan 11 yoshgacha;

  • jinsiy yetilish va o’spirinlik davri–12yoshdan18 yoshgacha;

Bolaning psixik rivojlanishi L.S.Vigotskiy bola psixik taraqqiyotida ro’y beradigan inqirozli vaziyatlar, ularnu hal etishga qaratilgan ruhiy yangilanishlarga tayangan holda yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:

  1. Chaqoloqlik davri inqirozi.

  2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz.

  3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz.

  4. Maktabgacha davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz.

  5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yoshdagi inqiroz.

  6. Pubertat (jinsiy etilish) – 14-18 yosh. 17 yoshdagi inqiroz.

Rus psixologi A.V.Petrovskiy shaxs kamolotiga ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazar bilan yondashib, yosh davrlarining o’ziga xos tasnifini yaratgan, u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asotsial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham mavjudligini isbotlashga harakat qiladi va shaxsning kamol topishi uchta makrofazadan iborat ekanligini qayd etadi:

    • birinchisi – bolalik davriga to’g’ri keladi, unda ijtimoiy muhitga moslashish(adaptatsiya) va ko’nikish ro’y beradi;

    • ikkinchisi – o’smirlarga xos yakkahollik(individuallashish);

    • uchinchisi – o’spirinlik, ya`ni etuklikka intilish davrida o’ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish(birlashtirish) xususiyatlari;

Shaxsning shakllanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

  1. Ilk bolalik – tug’ilganidan 3 yoshgacha.

  2. Boqcha yoshi davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.

  3. Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11 yoshgacha.

  4. O’rta maktab yoshi(o’smirlik) davri – 11 yoshdan 15 yoshgacha.

  5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri – 15 yoshdan 17 yoshgacha.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling