Tayanch so’zlar:
Biogenetik qonun, evolyutsion ta`limot, rekapitulyatsiya, pedologiya, yosh xususiyatlari, biologik mnsublik, irsiyat, ijtimoiy taraqqiyot, instinkt, ko’nikma, intellekt, psixik rivojlanish, yosh davrlari, bixeviorizm, xulq-atvor, introspeksiya, individ, shaxs, yolg’izlik hissi, tipologik xususiyatlar, stimul, reaksiya, konvergensiya, ijtimoiy mixit, intellektual taraqqiyot.
3.1. Kamol topishning ilk nazariyasi.
K.Byuler bo’yicha rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi
Bola psixik taraqqiyotining umumiy nazariyasini biologik qonuniyatlar asosida ishlab chiqqan, bolalar psixologiyasining yirik vakili, avstriyalaik psixolog Karl Byuler (1879-1963) xisoblanadi.
Tadqiqotchi Vyurtsburg maktabi vakili bo’lib, birinchi jahon urushidan so’ng, bolaning psixik rivojlanishida yuzaga keladigan muammolarini ishlab chiqdi va bolalar rivojlanishining uch bosqichli konsepsiyasini ilgari surdi.
Taraqqiyot zinapoyalarining paydo bo’lishi
quyidagi xolatlar bilan bog’liq:
miyaning yetilishi va tashqi olam bilan o’zaro aloqadorlikning murakkablashishi;
harakatlar orqali qoniqish hissini boshdan kechirish, affektiv jarayonlarning rivojlanishi;
Karl Byuler nazariyasidagi asosiy tushunchalar
Tadqiqotnong asosiy predmeti
|
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari, bola psixikasining rivojlanish bosqichlarini ajratish(instinkt, dressura, intellekt)
|
Tadqiqot metodlari
|
Zoopsixologik tajriba
|
Asosiy tushunchalar
|
Instinkt, dressura, malaka, intellekt, funksional qoniqish, dastlabki taasurotli qoniqish.
|
Asosiy
g’oyalari
|
Xayvonlar psixikasining evolyutsion qonuniyatlarini bola psixik taraqqiyotiga ko’chirish.
Bola psixikasini, xayvon va madaniylashgan katta odam psixikasini bog’lab turuvchi qism sifatida e`tirof etish. Rivojlanishda emotsiyalarning o’rni.
|
Taraqqiyot omillari
|
Preformizm, irsiyat.
|
Tanqidiy yo’nalishlari
|
Biologik yondashuv – odamning o’ziga xos rivojlanish yo’lini inkor etish, bolaning imkoniyatlarini cheklash.
|
Qimmatli tomoni
|
Rivojlanish g’oyasining mavjudligi, bola rivojlanishini o’rganishda tajriba usulini qo’llanilishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |