Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
A.N.Leontyevning faoliyat konsepsiyasi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolaning ruhiy taraqqiyotiga ta`sir etuvchi omillar
A.N.Leontyevning faoliyat konsepsiyasi
A.N.Leontyevning fikriga ko’ra, rivojlanish asosida sub`yektning shaxsiy faoliyati yotadi; Kattalarning bolaga nisbatan, o’qituvchining o’quvchiga nisbatan ta`siri, sub`yektning bevosita harakatisiz ro’yobga chiqmaydi A.N.Leontyev tomonidan fanga yetakchi(asosiy) faoliyat tushunchasi kiritildi. Psixik faoliyat masalasini ichki va tashqi olam bilan o’zaro uzviylikda talqin etish, sobiq ittifoq psixologiya maktabining yirik vakillaridan biri S.L.Rubinshteyn (1889 -1960) olib borgan ishlarda aks etadi. Uning ta`kidlashicha, bola psixik taraqqiyotining tashqi va ichki omillari o’zaro dialektik tarzda bog’liqdir. Agar bolalar va kattalar orasidagi munosabatlar ongning o’sishiga zamin yaratib bersa, ong xulq-atvorning rivojlanishiga o’z ta`sirni ko’rsatadi. Rubinshteynning fikricha, ong va xulq-atvor, konkret faoliyat turlari(o’yin, o’quv, mehnat) orqali shakllanadi, shu orqali bola tashqi olamga faol ravishda qo’shiladi, maktab o’quvchilari uchun asosiy faoliyat turi – oquv faoliyatidir. O’quv jarayonidagi aqliy taraqqiyot o’zaro birgalikdagi sa`y-harakatlarning qiyidagi ko’rinishlari orqali amalga oshiriladi: bolaning faoliyati; bolaning tafakkurini shakllantiruvchi bilimlarni o’zlashtirish; bolaning tabiatga, boshqa kishilarga va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini o’zgartiruvchi ustanovkalar; S.L.Rubinshteynning ko’rsatishicha “...bolaning rivojlanishi, uning o’zi qabul qilib olayotgan faoliyat shakllari asosida kechadi...va shu orqali bola shaxs sifatida shakllanadi”.6 Bolaning ruhiy taraqqiyotiga ta`sir etuvchi omillar Bola ruhiy taraqqiyotining har bir bosqichida, qarama-qarshiliklarning turli-tuman ko’rinishlari uchraydi. Ushbu xolatni bolaning muloqotga bo’lgan ehtiyoji misolida ko’rish mumkin. Go’daklik yoshidagi bola avvalo o’ziga yaqin bo’lgan kishilar, ayniqsa onasi bilan, yuz ifodasi(mimika), imo-ishoralar, ayrim ma`noga ega bo’lmagan so’zlar yordamida muloqot qiladi. Ilk bolalaik yoshiga o’tib, uni o’rab turgan kishilar bilan hissiy(emotsional) muloqot, bolaga yangi paydo bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, tashqi olamni yanada kengroq bilish uchun yetarli bo’lmay qoladi. Muloqotning yangi shakllariga bo’lgan ehtiyoj va uni qondirishning eski usullari o’rtasidagi qarama-qarshilik, ruhiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida maydonga chiqadi. Mazkur qarama-qarshiliklarni yengib o’tish uchun, o’zaro muloqotning sifat jihatdan yangi, faol shakli bo’lgan – nutq faoliyati yuzaga keladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling