Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Ruhiy taraqqiyot bosqichlari


Download 1.53 Mb.
bet21/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Ruhiy taraqqiyot bosqichlari

Yosh davrlari

Yetakchi faoliyat turi

1

Go’daklik davri – tug’ilgandan bir yoshgacha bo’lgan davr;

Bevosita hissiy muloqot (ko’proq onasi bilan)

2

Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davr;

Predmetli faoliyat, predmetlar bilan turli-tuman harakatlar qilish.

3

Maktabgacha yosh(Boqcha yoshi) davri - 3 yoshdan 6-7 yoshgacha;

Ijtimoiy-maishiy hayotni aks ettirgan rolli(voqeaband) o’yinlar

4

Kichik maktab yoshi davri – 6-7 yoshdan – 10-11 yoshgacha;

O’quv faoliyati

5

Kichik o’smirlik davri - 10-11 yoshdan 15-16 yoshgacha;

Ijtimoiy-foydali faoliyat jarayonida tengdoshlari bilan o’zaro muloqot, shaxslararo intim munosabatlar

6

Katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri - 15-16 yoshdan 17-18 yoshgacha;

Fan asoslari bo’yicha o’quv faoliyati va kasb tanlash.

Yirik fransuz psixologi Anri Vallon(1879-1962) bola psixikasining rivojlanishini marksistik nuqtai-nazar orqali tahlil qiladi. Uning asosiy g’oyalari “Bolaning psixik rivojlanishi”(1941), “Harakatdan to fikrlashgacha” (1942), “Bola tafakkuri manbalari”(1945) kabi tadqiqot ishlarida bayon etilgan.


Vallonning ko’rsatishicha bola psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, bola yashab turgan muxitning murakkablashib borish jarayoni va unda bolaning o’zaro birgalikdagi faoliyati xisoblanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga ta`sir ko’rsatuvchi shart-sharoitlardan, insoniyat tomonidan yaratilgan buyumlar va odamlarning xulq-atvori hamda ularning munosabatlari muhim ahamiyatga ega.
Dastlab bola psixikasi uchun tashqaridan kelayotgan ta`sirlar muhim o’rin egallaydi, so’ngra psixik rivojlanish ko’proq ichki shart-sharoitlarga bog’liq bo’lib boradi. O’z navbatida psixik rivojlanish bola faoliyat olib borayotgan sharoitning murakkablashib borishiga ham uzviy aloqadorlik kasb etadi.
Anri Vallonning ta`kidlashicha, bola psixik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy natija, bolaning shaxs sifatida ulg’ayishi xisoblanadi.
Rivojlanish bir bosqichdan ikkinchi bosqichga sifat o’zgarishlari bilan o’tadi, o’tish jarayonlari inqirozli xolatlar bilan kechadi.
Vallon o’z ilmiy ishlarida ruhiy taraqqiyotga ta`sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillarnig o’zaro munosabati masalasiga ham alohida to’xtalib o’tadi hamda bolaning psixik rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining qayta takrorlanishi deb xisoblaydigan nazariyalarni tanqid ostiga oladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling