Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
A.Gezzelning balog’atga yetish nazariyasi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
A.Gezzelning balog’atga yetish nazariyasi
A.Gezzel (1880-1961) – tibbiy va pedagogik ma`lumot olgandan so’ng 30 yil Yel psixoklinikasida ishlagan, uning asosida “Bolalar rivojlanishi bo’yicha Gezzel” instituti tashkil etilgan. Bolaning tug’ilgan davridan to o’spirinlikkacha bo’lgan psixik taraqqiyotini tashxis qilishning amaliy tizimini ishlab chiqqan, u ruhiy taraqqiyotning meyoriy va patologik shakllarini taqqoslashga oid tekshiirishlarga asoslanadi. Kuzatishlar ob`ektiv bo’lishi uchun Gezzel tomonidan birinchi marta “Gezzel oynasi” (yorug’likni yarim o’tkazuvchi oyna) qo’llanilgan. Psixologiyaga bolaning tug’ilganidan to o’smirlik yoshigacha bo’lgan davridagi ruhiy taraqqiyotini longityd o’rganish metodini kiritgan. Ruhiy taraqqiyotni o’rganishning ko’ndalang va uzunasiga kesma metodlaridan foydalangan, asosiy e`tiborni organizmda ro’y berayotgan miqdor o’zgarishlariga qaratgan. Monozigotali egizaklarni o’rgangan va birinchilardan bo’lib, balog’atga yetish davrini tahlil etishda xizmat qiluvchi egizaklar metodini qo’llagan. Normal taraqqiyotning xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun, ko’zi ojiz bolaning psixik taraqqiyotini tadqiq etgan. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling