Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi


Download 1.53 Mb.
bet32/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

3.5. Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi
Bixeviorizm(inglizcha. behaviour – xulq) – 20 asr boshlaridagi yirik psixologik yo’nalish bo’lib, ushbu yo’nalishda “rivojlanish” tushunchasi, “uqish”, “o’rganish” tushunchasi bilan yonma-yon yuradi.
Bixeviorizmning vujudga kelish shart-sharoitlari:

  • Introspektiv(introspeksiya. o’z-o’zini kuzatish metodi) psixologiyaning yetarli emasligi, amaliy tajribalarga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi;

  • AQShda hukmron o’rinni egallagan “pozitivizm va pragmatizm falsafasi” (mazkur yo’nalish g’oyasiga ko’ra: odam, uni o’rab turgan muxit orqaligina odam xisoblanadi);

  • Xayvonlar xulqini o’rganishga oid o’tkazilgan tadqiqotlar(E.Torndayk), rus olimlari(I.P.Pavlov, V.M.Bexterev)ning fiziologik va psixologik g’oyalari;

  • Psixika va psixik jarayonlarning xulq ko’rinishidagi idodalanishini o’rganish;

Bixeviorizm oqimining yirik vakili E.Torndayk(1874-1949) biologiya fanida hukm surayotgan evolyutsion ta`limotga asoslangan holda, bolalarga ta`lim berishda o’ziga xos yondashuvni ilgari suradi.
E.Torndayk zoopsixologik laboratoriyada xayvonlarni o’rgangan.
Xayvonlar intellektini o’rganish bo’yicha dissertatsiya ximoya qilgan, nazariy asoslari I.P.Pavlov tajribalari orqali tasdiqlangan.
E.Torndayk 1903 yilda, o’qitish jarayonida tafakkurni rivojlantirish masalasiga bag’ishlangan “Pedagogik psixologiya” asarini chop etadi. U individual tajribalarni egallash, tashqi qo’zg’atuvchilar va javob reksiyalar o’rtasidagi aloqadorlikni shakllantirish xususida fikr yuritadi.
Xayvonlar xulqini o’rganish orqali quyidagi natijalar olinadi:

  • Xayvonlar xulqini tadqiq etishning asosiy tamoyili “muammoli vaziyat va reaksiyaning o’zaro aloqadorligi” xisoblanadi;

  • Muammoli vaziyat dastlabki bo’g’in sanalib, unda xayvon organizmi qarshilikka duch keladiu va faollik bilan o’z tanlovini izlay boshlaydi;

  • Turli-tuman sinov harakatlari va yo’l qo’yilgan hatoliklardan iborat mashqlar orqali, hayvonda yuzaga kelgan muammoli vaziyatdan chiqish yo’llarini topish ko’nikmalari paydo bo’ladi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling