Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


IV bob. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari


Download 1.53 Mb.
bet37/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

IV bob. Psixologik maktablarda rivojlanish nazariyalari

  • 4.1.Psixoanalizda rivojlanish talqini. Z.Freydning klassik psixoanalizi;

  • 4.2.Bolalik psixoanalizini shakllanishi;

  • 4.3.Ijtimoiylashuv muammosi;

  • 4.4.Kognitiv yo’nalishda rivojlanish psixologiyasi;

  • 4.5.Tarixiy-madaniy yo’nalishda rivojlanish psixologiyasi;

Tayanch so’zlar:
Psixoanaliz, instinktiv mayllar, ong, ong osti, ongsizlik xolati, “Men”, “Oliy Men”, jinsiy taraqqiyot, bolalik psixoanalizi, ijtimoiylashuv, oral bosqich, anal bosqich, fallik bosqich, latent bosqich, genital bosqich, go’daklik davri, ilk bolalik, o’spirinlik davri, yoshlik davri, yetuklik davri, keksalik yoshi, aqliy operatsiyalar, intellektual taraqqiyot, aktual taraqqiyot doirasi, yaqin taraqqiyot doirasi.
4.1. Psixoanalizda rivojlanish talqini. Z.Freydning klassik psixoanalizi
Bola rivojlanishining psixoanalitik nazariyasi
Psixoanaliz davolash metodi sifatida yuzaga kelgan, lekin keyinchalik psixologik faktlarni to’plash vositasi deb qabul qilingan, bu esa butun bir oqim, yo’nalish va tizim uchun asos bo’lib xizmat qilgan.
Asosiy xolatlar:

    • Katta yoshdagi shaxsning kasalliklari, bolalikda bochdan kechirilgan hissiy kechinmalar bilan bog’lanadi;

    • Bolalikdagi kechinmalar shahvoniy tabiatga ega (otaga, onaga nisbatan muhabbat va nafrat hissi, aka yoki opaga nisbatan rashk tuyg’usining mavjudligi);

    • Bolalik tajribalari kattalar xulqiga anglanmagan holda ta`sir ko’rsatadi;

    • Ongsizlik xolati – odam xulqining muhim determinanti(sababchisi) xisoblanadi.

Psixikaning ontogenezda rivojlanishini aniqlashga doir psixoanalitik yondashuv Avstriyalik psixiatr, psixonevrolog Zigmund Freyd (1856-1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Freydning ko’rsatishicha odam shaxsi, o’zida uchta tuzilmani mujassam etadi – U(ID), MEN(EGO), OLIY-MEN(SUPER EGO), ular bir vaqtning o’zida yuzaga chiqmaydi.

  • «U» (Id) — lazzatlanish, rohatlanish tamoyiliga bog’liq bo’lgan instinktiv mayllarni qamrab oladi;

  • «Men» (Ego) — tashqi olam bilan bilvosita aloqaga kirishuvchi psixologik instantsiya;

  • « Oliy Men»(Super-Ego) o’z ichiga ijtimoiy ta’qiqlar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib qoidalar va ideallarni oladi.

  • «Men» (Ego) reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi.

F reydning ta`kidlashicha, avloddan-avlodga nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllar zamirida shaxs faollik ko’rsatadi.





Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling