4.2. Bolalik psixoanalizini shakllanishi
Z.Freyd balog’at yoshigacha kechadigan ijtimoiy, ruhiy va jinsiy taraqqiyot bo’yicha quyidagicha davrlashtirishni amalga oshiradi:
Oral bosqich. Bolaning tug’ilgandan 18 oygacha davom etadi. Bunda ona suti bilan ozuqalanish(emish, so’rish)ga asosiy urg’u beriladi. Chaqaloqlarda “Men” shakllanmagan bo’ladi, go’daklik davrininig ikkinchi yarmidan boshlab “Men” tuyg’usi, instinktiv mayllar asosi bo’lgan “U”dan ajralib chiqa boshlaydi.
Bola o’z onasi va uni o’rab turgan moddiy olam bilan munosabatga kirishar ekan, unga “qoniqish” yoki “qoniqmaslik” hissi orqali baho beradi. Ushbu davrda onaning o’z farzandiga nisbatan ishonch hissi va unga ko’rsatadigan onalik mehri yetakchi o’ringa ega bo’ladi.
Quyidagi fazilatlar shakllanadi:
to’yinmaslik;
ochko’zlik;
talabchanlik;
qoniqmaslik;
Anal bosqich. Ushbu davr 1-1,5 yoshdan 3 yoshgacha davom etadi.
Asosiy jixat “Ego”-“Men”ning rivojlanishi bilan belgilanadi, aynan mana shu davrda ota-ona yordamida bolada o’zini – o’zi boshqarish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Boladagi “Men” deyarli tarkib topadi va instinktiv mayllar joylashgan “U”dan kelayotgan qo’zg’alishlarni nazorat qiladi. Atrofidagi kishilar(ota-ona, yaqinlari, tendoshlari) bilan murosaga kela boshlaydi.
Bolada “Oliy Men”ning dastlabki kurtaklari aks eta boshlaydi, mazkur jarayonda uni qurshab turgan kattalar, ya`ni ota-onasi(bobosi yoki buvisi)ning tutgan o’rni, hurmati va obro’-e`tibori muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yoshda quyidagi shaxsiy hislatlar shallana boshlaydi:
saranjom-sarishtalik, ozodalik, pokizalik, puxtalik;
qaysarlik, ichidagini birovga bildirmaslik;
molparastlik, turli narsalarni yig’ishga moyillik;
buzg’unchilik, shafqatsizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |