Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Sotsiogenetik yo’nalish vakillari bolaning rivojlanishi, uni o’rab turgan ijtimoiy muxit ta`sirining samarasi deb xisoblaydilar


Download 1.53 Mb.
bet45/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Sotsiogenetik yo’nalish vakillari bolaning rivojlanishi, uni o’rab turgan ijtimoiy muxit ta`sirining samarasi deb xisoblaydilar.
Ushbu yo’nalishning dastlabki tarafdorlari sifatida Emil Dyurkgeym (1858-1917), Gabriel Tard(1843-1904), Sharl Blondel(1876-1939)ni ko’rsatish mumkin.
Emil Dyurkgeymning fikriga ko’ra, rivojlanish orqali bola insoniyat to’plagan tajribalar, urf-odatlar va an`analarni o’zlashtirib boradi.
Bu jarayon, taqlid qilish orqali kechadi.
Jamiyatdagi taqlid qilish harakatlari, xuddi biologiyadagi irsiyat kabi ahamiyatga ega bo’lib, bola taqlid qilish qobiliyati bilan dunyoga keladi.
Sharl Blondel, Dyurkgeymning odamdagi tabiiylik va ijtimoiylik tabiatini bir-birga qarama-qarshi qo’yishini tanqid qiladi. Jamiyatni Blondel munosabatlar tizimi sifatida e`tirof etadi, jamiyat bolaning tashqi olam bilan o’zaro aloqaga kirishiga ko’maklashadi. Tarbiya, uning ta`kidlashicha ijtimoiy xulq qoidalarining mustahkam bo’lishini ta`minlab beradi. Ijtimoiy muxit ta`siri ostida nafaqat bilish jarayonlari, balki hissiy-irodaviy soha ham shakllanadi.
Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy o’rganish nazariyasi


4.4. Kognitiv yo’nalishda rivojlanish psixologiyasi
Jan Piaje tomonidan bola intellektual rivojlanishini
tadqiq qilishining asosiy yo’nalishlari
Shveytsariyalik psixolog Jan Piaje(1896-1980) nazariyasi bolalar psixologiyasi taraqqiyotida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bola, Piajening fikricha tabiiy mavjudot sanaladi va shu bilan birga tug’ilgan kunidan boshlab o’z ichki tuzilmasiga eg bo’lgan, alohida bir yaxlitlikni tashkil etadi. Bolaning harakatlari uni o’rab turgan tashqi muxit orqali bilvosita tarzda aks etadi, lekin tashqi muxit ta`sirlariga oddiygina javob reaksiyasi bilan cheklanilmaydi, balki tashqi ta`sirotlar qayta ishlanadi va o’z-o`ziga moslashtiriladi.
Bola dastavval tashqi muxitni begonasirab qabul qiladi, shuning uchun Piaje “majburlash”, “bosim o’tkazish” kabi tushunchaladan foydalanadi va shular orqali ijtimoiy muxitning bolaning rivojlanishiga ko’rsatadigan ta`sirini ochib beradi.
Jan Piaje ta`limning bola rivojlanishiga ta`sirini inkor etmaydi, biroq uning ko’rsatishicha ta`lim rivojlanishning mazmuni va uzviyligini o’zgartira olmaydi, faqat uni sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin.
Jan Piaje o'zining “Bolaning ahloqiy qarashlari” kitobida katta tajriba materiali asosida shunday farazni ilgari suradi, bolalarda ahloqiylikning ikki hil ko’rinishi uchraydi:

  • majburiy ahloqiylik; mazkur ahloqiylik bola va kattalar orasidagi o’zaro munosabatlar doirasida shakllanadi, bola kattalarning ko’rsatmasi va ta`qiqlashlariga moslashib boradi.

  • hamkorlik tufayli yuzaga kelgan ahloqiylik; mazkur ahloqiylik namunalari bolaning o’z tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlari asosida yuzaga keladi.

Jan Piaje tadqiqotlarida odam amaliy faoliyatining murakkab rivojlanish jarayoni, bola psixik taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat usullarini egallash, faoliyat vazifalari va motivlari to'la ochib berilmaydi. Piaje ta`biricha rivojlanish, alohida olingan individning tevarak – atrof bilan o’zaro munosabatlarning murakkablashishi natijasidir.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling