Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Ta`lim va ruhiy taraqqiyotning o’zaro bog’liqligi


Download 1.53 Mb.
bet48/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Ta`lim va ruhiy taraqqiyotning o’zaro bog’liqligi
Pedagogika va psixologiya fanlari tizimida, ta’lim va ruhiy taraqqiyotning o’zaro munosabati doirasida 3 ta nuqtai-nazar mavjuddir:

  • birinchi nuqtai-nazarga ko’ra ta’lim va ruhiy taraqqiyot, alohida mustaqil jarayonlardir, lekin ta’lim miyaning yetuklik darajasiga ko’ra belgilanadi. Shunga ko’ra ta’lim – taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan imkoniyatlardan foydalanishdir. V.Shternning yozishicha, ta`lim taraqqiyot ortidan yuradi va unga moslashadi;

  • ikkinchi nuqtai-nazarga ko’ra (U.Djems, E.Torndayk) ta’lim va ruhiy taraqqiyot bir-biriga qo’shilib ketuvchi jarayonlardir;

  • uchinchi yondashuv vakillari dastlabki nuqtai-nazarlarni umumlashtirgan holda uni yangi ilmiy farazlar bilan boyitishdi: ta’lim faqat taraqqiyotning ortidan izma-iz yurmaydi, balki undan oldinda yurishi ham mumkin. Bu yangi g’oyani rus psixologi L.S.Vigotskiy ilgari surgan.


Mazkur bobni xulosalash orqali aytish mumkin-ki, XX asrning boshlarida paydo bo’lgan psixologiya maktablari bolanining psixik taraqqiyoti, shaxs sifatida shakllanish qonuniyatlarini muayyan bir yo’nalish doirasida tahlil qilganlar.
“...Bugungi kunda biz insonlar butun er yuzidagi o‘ta murakkab telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdan iborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarni bir vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun guruhlab, keyin esa ulardan qayta yorqin rangli obrazlarni yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishimizga ishonch hosil qildik. Shuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil va kompyuterni ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan, kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholarning mavjudligi ajablanarli hol emas…11
Psixikaning turli shakllardagi ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi. Psixika va uning namoyon bo’lish shakllari, zamonaviy psixologiyaning umumiy psixologiya sohasiga aloqador bo’lib, ko’plab olimlar o’z ilmiy adabiyotlarida ushbu jihatning muhimligini e`tirof etadilar.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling