Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Takrorlash va muhokama uchun savollar
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhiy taraqqiyotning kechish muddatlari, sur`ati va yangilanishlarni turli yosh davrlariga bo’lgan holda o’rganilishi
- Tayanch so’zlar
Takrorlash va muhokama uchun savollar:
Avstiyalik psixiatr Z.Freyd ishlab chiqqan psixoanalitik nazariyaning asosiy g’oyalari haqida tushuncha bering? Shaxsni faollikka undovchi kuchlar haqida psixoanaliz yo’nalishida yoritilgan qarashlarini izohlab bering? Bolalar psixoanalizi, jinsiy taraqqiyotning turli yosh davrlarida kechishi haqidagi fikrlar haqida tushuncha bering? Shaxsning shakllanishiga doir yaratilgan ijtimoiylashuv nazariyalari haqida o’z fikringizni bildiring? Epigenetik nazariya haqida tushuncha bering? Sotsiogenetik yo’nalish tarafdorlarining ilmiy-nazariy qarashlarini tahlil qilib bering? Kognitivizm yo’nalishi vakili Jan Piaje olib borgan tadqiqotlar haqida tushuncha bering? L.S.Vigotskiy tomonidan yaratilgan bolaning psixik rivojlanishi aks etgan madaniy-tarixiy nazariyani tahlil qilib bering? Ruhiy taraqqiyotning kechish muddatlari, sur`ati va yangilanishlarni turli yosh davrlariga bo’lgan holda o’rganilishi 2 bo’lim. Rivojlanishning yosh bosqichlarini psixologik tahlili V bob. Go’daklik davri 5.1. Bolalik fenomeni. Bolalik chegaralari; 5.2. Prenatal rivojlanish; 5.3. Go’daklik davrining psixologik tavsifi; 5.4. “Jonlanish kompleksi” va uning belgilari; 5.5. Go’daklik davrida sensor va motor rivojlanish; 5.6. Hayotni birinchi yilidagi inqiroz. Tayanch so’zlar: prenatal rivojlanish, chaqaloqlik davri, o’sish, psixik taraqqiyot, shartsiz reflekslar, go’daklik davri, jonlanish kompleksi, sensomotor funksiyalar, ximoya reflekslari, orientirovka reflekslari. Bolalik fenomeni. Bolalik chegaralari. Odam bolasi himoyasiz, o’zgalar yordamiga muhtoj holda dunyoga keladi, o`sib kеlayotgan chaqaloq organizmini to`g`ri parvarish qilish uchun bolaning jismoniy o`sishi va psixik rivojlanishi kabi asosiy jarayonlarni bilishi zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmiga ham xos bo’lgan hususiyatdir, chaqaloq organizmining har tomonlama jismoniy va ruhiy rivojlanishi uning tug’ilgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon bir-biri bilan uzviy aloqador xisoblanadi va yaxlit bir burunlikni tashkil etadi. O’sish dеganda o’z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ro’y beradigan o’zgarishlar nazarda tutiladi, unda tana vazni, undagi hujayra va to`qimalarning ko`payishi hisobiga o`lchamlarning ortilishi tushiniladi. Psixik rivojlanish esa sifat jihatdan yangilanish bo`lib, unda organizmning funksiyonal tuzilishu va xulq-atvori mukammallashib boradi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlik davri 1 kundan 10 kungacha(kindik tushguncha) davom etib, bu davrda bola yangi biologik muxitga moslashadi, ilk bor mustaqil nafas oladi, analizatorlar tizimi mustaqil ravishda ishlay boshlaydi. Chaqaloqning ona organizmi bilan anatomik va morfologik bog’liqlik davri tugagan bo’lsa-da, dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi, uning yashab keishi uchun zarur bo’lgan ozuqa va oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling