Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
Prenatal rivojlanish
Chaqaloqda irsiy yo’l bilan mustahkamlangan shartsiz reflekslar mavjud bo’ladi va uni yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha osonlashtiradi, yangi tug’ilganda uning oziqlanish, asosan so’rish yoki emish reflekslari o’z vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi. Bola tashqi sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan nerv(asab) tizimi bilan dunyoga keladi, sharsiz reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta`minlab beradi. Dastlabki kunlardanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish va pirpiratish, ko’z qorachig’ining kengayishi yoki torayishi kuzatiladi, ushbu harakatlar himoya reflekslari orqali amalga oshiriladi. Chaqaloqlarda tashqi qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan orientirovka(mo’ljal olish) reflekslari ham uchraydi, bolaning xonaga quyush nuri tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, yorug’likni sezishi kizatishlar davomida aniqlangan. Sharq mamlakatlari, xususan milliy urf-odatlarimizda aniqlanishicha, chaqaloqlarda bizga ma`lim bo’lmagan tug’ma reaktsiyalar ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig’idan to’xtashi, ixtiyorsiz harakatining sekinlashuvi shundan dalolat beradi. qadim zamonlardan beri beshik, so’rg’ichlardan chaqaloqni yupatish, uning ixtiyorsiz harakatini to’xtatishning, muhim vositasi sifatida foydalanib kelinadi. Yangi tug’ilgan bolaning yuz qiyofasi o`ziga xos bo`lib, kattalarnikidan ancha farq qiladi. Yangi tug’ilgan bola gavdasining yuqori qismi uzun, oyoqlari va, bo’yni qisqa, boshi gavdaga nisbatan katta bo’ladi. Katta yoshdagi odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismini, yangi tug`ilgan bolaning boshi esa gavdasining to’rtdan bir qismini tashkil etadi, yangi tug`ilgan bolaning bo’yi o’rta xisobda 48-52 sm bo’ladi. Bola tu’ilgandan bir yoshgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan juda tеz o’sadi, chaqaloq juda zaif va ojiz ko’rinsa-da, ba`zi jihatlari bilan boshqa yosh davrlaridan ustunlik qiladi, har oyda ikki santimetrdan o’sadi, uning og’irligi har kuni 1,6-2 grammdan ortib boradi. N.L.Figurin va M.P.Denisovalarning ta`kidlashicha, bolaning bir oylikkacha davridagi tetiklik holati ko’rish va eshitishga yo’nalgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi: tovush ta`siriga berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi, shuning uchun bola tovush orqali yig’idan yoki harakatdan to’xtaydi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling